Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er-xotin urushib qolishibdi. Xotin eriga:
— Bundan keyin uyda hamma narsa pulli bo‘ladi. Ovqat qilish 15 ming, choy damlash 5 ming va hokazo, - debdi. Birozdan keyin eri xotiniga qarab:
— Xotin, yonimda biroz o‘tirgin, - desa
Xotini:
— Yoningizda o‘tirish 10 ming, - debdi. Eri qarasa cho‘ntagida 7 ming so‘m qolgan ekan. Xotini “yo‘q” deb kelmabdi.
Kechqurun eri uxlayotsa, xotini sumkasini ochayotgan ekan. Eri uyg‘onib ketib xotiniga:
— Nima qilyapsan yarim kechasi? - desa
Xotini:
— Sizga 3 ming qarz berib turmoqchiman, - dermish.
— Esingdami? Sen bilan maktab paytlarida tanishgan edik. Men seni har kuni belingdan quchib, bo‘sa olardim. Sen esa qizarib ketar eding. Sensiz bir zum ham yurmasdim, doim yonimda bo‘larding.
Bir kuni bizni labaratoriya xonasida birga ko‘rib qolishdi. Men seni 2-qavatdan tashlab yuborishga majbur bo‘ldim.
Meni kechir aziz SIGARETIM...
YPH xodimi haydovchini to‘xtatib so‘ray boshlabdi: — Haydovchilik guvohnomangiz bormi? — Bor, marhamat. — Mashinani texnik ko‘rik hujjatlari bormi? — Albatta. — Sug‘urta polisi? — Bor. — Aptechka? — Bor. — O‘t o‘chirgich? — Bor. — Hamma narsangiz bo‘lsa, bir ashulani sho‘xidan qo‘ying, qistir-qistir bo‘lar...! — Iloji yo‘q. Kobalt mashinasida hamma narsa bor-ku, lekin magnitofon yo‘q...
Xotin eriga debdi:
— Shu o‘lgur sigaretni chekmasangiz, hozir Malibuda yurgan bo‘lar edingiz...
Er xotiniga qarab turib javob beribdi:
— Sen chekasanmi?
— Yo‘q, - debdi xotini.
— Unda Malibu qani? – dermish.