Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Mast holda uyga kelgan eri yerga yotib uxlab qolibdi.
Hech nima qila olmagan xotini uni boshiga yostiq qo‘yib, ustiga ko‘rpa yopib qo‘ysa, yarim kechasi eri baqirayotganmish “Xotin chiroqni yoq! Negadir kravatni oxiri ko‘rinmayapti, tusha olmayapman!”
Chaqalog‘i bilan o‘ynab o‘tirgan ayol:
— Senga mazza-da... Ovqatlanasan, uxlaysan, xojatdan keyin yana ovqatlanasan, ... uxlaysan... – deb bolasiga gapirayotsa, qo‘shni xonada televizor ko‘rib yotgan eri:
— Haqqim bor! Bugun yakshanba - dam olish kunim! – dermish.
Asfalt kovlayotgan ishchidan yo‘lovchi so‘radi:
— Qanday qilib shunday shovqinga chidaysiz-a?
— E, bu hech gap emas! Men bir necha yil boshlang‘ich sinflarga dars berganman.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Kecha erim bilan urushib qoldim. Meni xafa qildi.
— Mayli. Choy damlab berayotganingda qasdingni olasan.
— Tushunmadim...
— Axir yuziga tuflay olmaysan-ku!
Boy xonadonni qiziga uylanmoqchi bo‘lib kelgan yigitni gaplari: — Gap sizlarni boyligingizda emas. Qizingizni sevaman! Xonadon egasi: — Axir bizni 3 ta qizimiz bor. Qaysi birini? Yigit: — Farqi yo‘q!
Ota-bola mehmonga borishibdi. Bolasi dasturxondagi uzumdan olib yebdi-da otasiga:
— Dada, uzumda “U” vitamini bor. Yeb turish kerak! – debdi.
Yana birozdan so‘ng:
— Dada, yong‘oqda “Yo” vitamini bor. Yeb turish kerak! – deb yong‘oqni paqqos tushiribdi.
Mezbondan uyalib turgan dadasi, uy egasi tashqariga chiqishi bilan o‘g‘liga bir tarsaki tushiribdi-da, debdi:
— O‘g‘lim, tarsakida “T” vitamini bor. Yeb turish kerak!
Hammom bilan bar yonma-yon joylashgan ekan. Bir kishi hammomdan kiyimsiz chiqib, barga kiribdi-da, barmenga debdi:
— Pivo quy!
Barmen pivo quyib berib, haligi kishiga qarab tursa, — Nima, kiyimsiz odam koʻrmaganmisan? – debdi.
Barmen:
— Yoʻq koʻrganman. Faqat pivoni pulini qayerdan olarkan deb qarab turibman, - dermish.