Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Qiz onasiga:
— Oyi, sizga muhim gapim bor. Men erga tegayapman.
— Uyatsiz jonimga tegib ketding. Axir 5 marta erga tegib ajrashding, endi ji-i-i-i-m o‘tir tushindingmi?!
— Oyiijooon, xo‘p deya qoling, tegaman-u, tezda qaytaman. Maylimi oyiiii?
Bir Andijonlik okaxonimiza Angliyadan qo‘lida bir chemadan pul bilan kelsa, bojxona xodimlari qiziqib so‘rashibdi:
— Aka, o‘zi Angliyaga 2 kunga borib kelgan bo‘lsangiz, qayerdan shuncha pul ishladiz?
— Kartadan yutib oldim, - dermish
— Qanaqa qilib?
— Skverda ketayotsam, 2 ta Anglichan suvara o‘ynab o‘tirgan ekan. Keyin biri manda 21 desa, ikkinchisi yutqazdim deb pul beribdi.
Men hayron bo‘lib:
— Nimaga bu kartasini ochmasayam, yutqazdim deb pul tutqazdingiz? - desam.
— Bizda djentelmenning so‘zi qonun, - deb aytdi.
Buyog‘i endi, okalar, ishanavering bo‘lib ketdi.
Sudya ayblanuvchidan so‘rabdi: — Sizga ishonch bildirgan insonlarni qanday qilib aldashingiz mumkin!? — To‘g‘ri tushuning o‘rtoq sudya, ularni ishontirish ham oson bo‘lmadi!
Xotin eridan so‘rabdi: — Eng baxtli kunlaringiz qachon bo‘lgan adasi? Er debdi: — To‘yimiz bo‘lgan kunni eslaysanmi?... O‘sha kuni baxtli kunlarim tugagan ekan...
Shogird ustozidan so‘radi: —Ustoz, o‘zimdagi kamchiliklarni qanday bilib olsam bo‘ladi? Ustoz javob berdi: —Xotiningni birorta kamchiligini uni o‘ziga aytsang, nafaqat seni kamchiliklaring, balki butun urug‘-aymog‘ingni kamchiliklarini bilib olasan.
Bir qiz uyqudan oldin hayol surib yotibdi:
"Hozir qayerdadir man tanimagan bo‘lajak erim qaysidir qizga hayrli tun tilab sms yozayotgandir. Xa-xa, u o‘ylayaptiki o‘sha qiz uning kelajagi, xotini bo‘ladi deb. Chuchvarani hom sanabsiz azizim! Sizni katta syurpriz kutyapti!"
Ruhiy kasallar shifoxonasida:
Bemorlar shifoxona tomiga chiqib olib, birma-bir pastga tashlashayotgan emish.
Bosh shifokor kelib:
— Nima o‘ynayapsizlar? – desa, jinnilar:
— Samolyot-samolyot o‘yinini o‘ynayapmiz, - dyeyishibdi.
Bosh shifokor:
— Ha yaxshi. Sizlarga qarab turadigan shifokorlar qani? – desa bemorlar:
— Ularni avvalgi reyslarda uchirib yubordik, - deyishibdi.
Birinchi sinf o‘quvchisi o‘qituvchisiga savol berdi:
— Ustoz, odam qanday tush ko‘radi?
O‘qituvchi:
— Odamlar uxlagan payt sochlari tikka bo‘lib, antenna rolini bajaradi. Shunda bemalol tush ko‘radi, - desa, bir bola xafa bo‘lib:
— Meni dadam g‘irt kal. Unaqada umuman tush ko‘rolmas ekanlarda desa, O‘qituvchisi:
— Sen xafa bo‘lma, aksincha, seni dadang eng ko‘p tush ko‘radi. Chunki dadangni boshi parabolicheskaya antenna, - dermish.