Tibbiyot institutida o‘qituvchi talabalarga savol beryapti:
— Qaysi organlarda parazitlar ko‘proq yashaydi?
Talaba javob beribdi:
— Davlat organlarida eng ko‘p uchraydi...
Shifoxonada majlis bo‘lmoqda. Pulmonolog(o‘pka shifokori) o‘rtaga chiqib:
— Mening maoshimni 2 barobar ko‘tarishingiz kerak. Chunki insonda o‘pka ikkita bo‘ladi.
— Qabul qilamiz, joyingizga boring.
Shundan so‘ng quloq, ko‘z, buyrak shifokorlari ham shuni talab qilishibdi. Hammalarining
talablari qondirildi. Keyin bir shifokor o‘rtaga chiqdi. Rahbarlar so‘radi:
— Siz kimsiz?
— Stomatologman.
— O‘tiring joyingizga!
Quruq oylikka yashayapman deb, ONIX avtomobilini 150 ming dollarda sotib olsam hech kim hayron bo‘lmaydi. Lekin 1 yildan keyin uni yana 150 ming dollarga sota olsam, hamma menga qoyil qoladi.
Mutasaddi tashkilot rahbarlaridan biri majlisda: "Hisob-kitoblarimiz shuni ko‘rsatdiki, sigaret chekuvchilar davlatimiz budjetiga foyda keltirishar ekan. Hayotdan erta ko‘z yumgan har bir chekuvchi nafaqaxo‘r fuqarodan o‘rtacha 150 mln. so‘m pulni tejab qolishimiz mumkin-ku! Sigaret qutisini ustiga shu ma’lumotni yozib chiqarish kerak!"
Kasalxonada: — Nima uchun operatsiya xonasidan baqirgan ovoz eshitilyapti? — Bemor baqiryapti. — Narkoz qilishmadimi unga? — Hozir qilindi. Hali hushidan ketgani yo‘q. — Vrach shoshilib qorinni kesib yubordimi? — Yo‘q. Vrach internetga kirib, "Ok gugl. Appendiks qaysi tarafda joylashgan" degan edi, bemor uni gapini eshitib qoldi.
YPH xodimi haydovchini to‘xtatib so‘ray boshlabdi: — Haydovchilik guvohnomangiz bormi? — Bor, marhamat. — Mashinani texnik ko‘rik hujjati bormi? — Albatta. — Sug‘urta polisi? — Bor. — Aptechka? — Bor. — O‘t o‘chirgich? — Bor. — Mashinangizda radio priyomnik bormi? — Bor. Nega? — Musiqani sho‘xidan qo‘ying! — Nega axir. Hamma narsangiz bor ekan. Hozir raqsga tushaman pul qistirarsiz hech bo‘lmasa...!
Bir kuni er-xotin urishib qolibdi.
Eri:
— Sen bilan ortiq yashay olmayman. Narsalaringni olgin-da, ota uyingga jo‘na! – debdi.
Xotini ketibdi.
Kun kech bo‘lgach, eri sekin telefonni olib xotiniga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Onasi, boraymi...?!
— Mayli. Faqat bitta shartim bor.
— Ho‘sh?..
— Oshxonaga kiring.
— Kirdim.
— Qo‘lingizga likopchani olib, uni zarb bilan yerga uring!
— Urdim.
— Endi siniqlarini yig‘ib, avvalgi holiga keltiring.
— Iye, xotin. Men plastik tarelkani yerga urgandim. Singani yo‘q...!
— Obbo! Ming yillik rivoyatni rasvo qildingiz. Keling, tezroq olib keting. Ota-onamga birrovga keldim, degandim, - debdi xotini.