Talaba burga ustida tajriba oʻtkazmoqda. Uni stol ustiga yotqizib qoʻyib, buyuribdi.
— Sakra!
Burga sakrabdi. Talaba uni tagʻin tutib, bir oyogʻini uzib olibdi. Soʻng stolda qoʻydi-da, buyuribdi:
— Sakra!
Burga bu safar ham sakrabdi. Talaba uni yana tutdida, qolgan oyogʻini ham uzib olibdi.
— Sakra!
Burga qimirlamay turaveribdi. Shunda talaba daftariga yoza boshlabdi: “Tajribalar shuni koʻrsatdiki, burganing eshitish organlari panjasida boʻlar ekan. Agar oyoqlaridan judo etsangiz, u qip qizil karga aylanadi-qoladi.
Salom do‘stim! Bormisan, qancha bo‘pti seni uchratmaganimga?!
— Borman! Bir yil, uch oy, ikki hafta bo‘ldi mendan qochib yurganingga... Olgan qarzingni qachon qaytarasan, nomard?!
Bir ayolning hushtori uyidaligida, eri kelib qolibdi. Hushtor kiyimlarini olishga ham ulgurmay, derazadan qochib qolibdi. Yaqin o‘rtada park bor ekan. Parkka kirsa o‘ziga o‘xshagan kiyimsiz haykal borakan. U ham haykalni yoniga kelib, qimirlamay qotib tursa, yonidagi haykal:
— Ey, ahmoq! Paypog‘ingni yechib tashla. Qayerda ko‘rgansan paypoq kiygan haykalni?, - debdi.
Qiz bilan yigit xiyobonda aylanib yurishgan ekan. Daraxtzorlar orasiga kirganda yigit qizni qo‘lidan ushlab:
— Jonim, xohlaysanmi senga yoshligimda kesib tashlashgan joyni ko‘rsataman?
Qiz qizarib yerga qarab:
— Qo‘ying uyalaman, to‘ydan keyin ko‘rsatarsiz.
— Bunga to‘yni nima aloqasi bor, hozir ko‘raver. Ko‘ryapsanmi xo‘v, anavi daraxtlar orasida ko‘rinayotgan binoni, o‘sha bino klinika. Yoshligimda o‘sha joyda ko‘richagimni kesib tashlashgan...
Oldinlari supermarketga 2 ming so‘m bilan kirib, 2 ta kola, 3 pachka chips, 2 quti pista olib chiqardim.
Hozir hamma yoqqa kamera qo‘yib tashlashibdi...
Talaba yigit yozgi sessiyalardan so‘ng otasiga telefon qilib: — Dada, "Beshikdan qabrgacha ilm izla" deb aytar edingiz... Otasi: — Ha, o‘g‘lim shunday. Nimaga so‘rayapsan? O‘g‘li: — Men yana imtihonlardan o‘ta olmay, keyingi yilga qoldirildim.
Hurmatli rahbarlar! Iltimos aniq aytinglar, maktablarda o‘qish boshlanadimi yo‘qmi!? Bolalarim pod’ezdda turibdi. Maktabga borishsinmi yoki uyga kirishsinmi, bilmay qoldik!
— Lotoreyada pul yutib olsam nima qilasan? — Voy adasi, pulni yarmini bersangiz, hamma aytgan ishlaringizni qilib qo‘yardim. — Juda yaxshi! Lotoreyadan 100 ming so‘m yutuq chiqdi. Mana 50 ming. Hovlidagi qorlarni tozala, mashinamni yuvib qo‘y, bozorga borib ro‘zg‘or qilib kel!
Ko‘p qavatli uyda yashaydigan yigit do‘stini xonadoniga mehmonga chaqiribdi. Do‘sti qarasa, devorda katta temir tog‘ora osilib turgan ekan. — Bu nimaga kerak? – deb so‘rasa, do‘sti debdi: — Bu gapiradigan soat, mana qara, - deb tog‘orani qattiq ursa devor ortidan qo‘shnisini: “Ming la’nat, 3 dan 15 daqiqa o‘tdi” degan ovozi eshitilibdi.