Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ko‘p qavatli uyda yashaydigan yigit do‘stini xonadoniga mehmonga chaqiribdi. Do‘sti qarasa, devorda katta temir tog‘ora osilib turgan ekan. — Bu nimaga kerak? – deb so‘rasa, do‘sti debdi: — Bu gapiradigan soat, mana qara, - deb tog‘orani qattiq ursa devor ortidan qo‘shnisini: “Ming la’nat, 3 dan 15 daqiqa o‘tdi” degan ovozi eshitilibdi.
Ota uylanish taraddudida bo‘lgan o‘g‘liga debdi: — To‘yni iloji boricha ortga surishing kerak. O‘g‘il: — Nega ada? Qudalaringiz nima deydi?! Ota: — Kim nima desa desin. Harna o‘ynab-kulib yashab qolgin deyman-da...
68
Qayumov Ahad degan bir yigit sinfdoshlaridan hech qachon avval familiyasi keyin ismini aytib chaqirmaslikni iltimos qilibdi.
Bir o‘g‘ri oltin baliqni tutib olibdi. — Tila tilagingni! Xohlagan narsangni muhayyo qilaman, - debdi baliq. — Qo‘lingdan nima keladi o‘zi? - debdi o‘g‘ri. — Hamma narsa. Mana masalan kecha bir yigit mendan 100 ming dollar so‘radi, berdim, - debdi baliq. O‘g‘ri o‘ylanib turib: — Shu yigitni uy manzilini ber menga, - degan ekan.
Bola adasiga: — Siz uyda kimsiz? Adasi: — Men bu uyda direktorman. Kunlarning birida bola adasiga: — Ada, siz xizmat safariga ketganingizda uyimizga yangi direktor keldi...
Ikki talaba suhbatidan: — Tinchlikmi, nega xomushsan? — Sevgan qizimga iPhone 11 olib berish uchun 1 yil pul yig‘gan edim. Kecha shu pulga ovqat olib yeb qo‘ydim. — Ovqat? O‘zi nechi pul yig‘gan eding? — 18 ming so‘m.
Qizi:
— Ada, men do‘stimni uyiga dars tayyorlagani ketyapman.
Otasi:
— O‘yda o‘tir! Hech qayerga bormaysan! Onang ham 15 yil oldin biznikiga dars tayyorlagani kelgan edi, haligacha ketkazolganim yo‘q!