Jizzaxlik bir sodda bola Moskvaga amakisinikiga borayotgan ekan. Moskvaga yetib boribdi. Hojatxonaga borsa: "J" va "M" harflari turganmish.
Bola:
— Jizzaxliklar "J"ga, Moskvaliklar "M"ga kiradi, deb o‘ylabdi va "J"ga kirib ketganmish...
Afandi bir kuni to‘yga bordi. Uning yonida o‘tirgan bir savdogar ochofatlik qilib yeganiga qanoatlanmay, dasturxondagi qand-qurslardan olib, cho‘ntaklarini to‘lg‘azdi. Afandi buni ko‘rib yonida turgan choynakni oldi-da, sekin uning cho‘ntaklariga quya boshladi. Savdogar payqab qolib, jahl aralash Afandidan so‘radi:
— Nega cho‘ntagimga choy quyyapsiz?
— Cho‘ntagingiz qand-qursni ko‘p yeb chanqab qolgandir,— dedi Afandi.
Judayam ziqna boy bo‘lgan ekan. Bir kuni qo‘shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o‘tirgan ekan, uydagi shamni o‘chirib keldimmi yo‘qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo‘l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o‘ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo‘lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo‘lgan ekan...
Boy:
— Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni uchirib qo‘y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay.
Xotini:
— Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o‘chirib qo‘yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo‘l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib?
Boy:
— Xavotir olma xotin, kovushim qo‘ltig‘imda!
Bir o‘g‘ri oltin baliqni tutib olibdi. — Tila tilagingni! Xohlagan narsangni muhayyo qilaman, - debdi baliq. — Qo‘lingdan nima keladi o‘zi? - debdi o‘g‘ri. — Hamma narsa. Mana masalan kecha bir yigit mendan 100 ming dollar so‘radi, berdim, - debdi baliq. O‘g‘ri o‘ylanib turib: — Shu yigitni uy manzilini ber menga, - degan ekan.
Ikkita qarg‘a daraxtda gaplashib o‘tirishsa, osmondan samolyot uchib o‘tibdi. Birinchi qarg‘a: — Samolyotni qara. Juda tez uchadi, - desa, ikkinchisi: — Seni ham dumingni yoqishsa, sen ham shunaqa tez uchasan, - debdi.