Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Qari otaxon nabirasi bilan ovqatlanib o‘tirishsa, nabirasi gapirmoqchi bo‘lib, endi og‘iz ochsa, bobosi: — Ovqat paytida gapirib bo‘lmaydi, - deb tanbeh beribdi. Ovqatlanib bo‘lgach, "Endi gapir" desa, nabirasi: — Boya ovqatingizga pashsha tushib qolgandi, shuni aytmoqchi edim, - dermish.
Bemor istimalab kasaloxonaga kelibdi. Uni kutib olgan hamshira so‘rabdi: — Shippak olib keldingizmi? — Ha. — Kiyimlaringizni olib keldingizmi? — Ha. — Ko‘rpa va yostiqlarimiz qolmadi. Olib keldingizmi? — Ha. — Mana bu ro‘yxatdagi dorilar ham qolmagan. Olib keldingizmi? — Ha. — Yoningizda turgan oq xalatli yigit kim? — Har ehtimolga qarshi vrachni ham o‘zim bilan olib keldim.
Xotin eriga: — Shkafimizni qarang! 10 yillik eski matox! Yangisini olaylik! — Xo‘p, olamiz. Xotin yana eriga: — Sovutgich ham eski. — Yangisiga almashtiramiz. Xotin davom etib: — Televizor ham juda eski bo‘lib qolgan! Almashtirish kerak! Eri: — Xoy xotin! Sen o‘zingga bir qara! Sen ham nechi yilliksan? Men indamayapman-ku!
Psixolog ayol kishidan so‘rabdi:
— Qaysi ayol erini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi?
Ayol:
— Faqat yer qabul qiladi, - deb javob bergan ekan.
Hammasi o‘sha paytlarda boshlangan edi: "Begim, men sizni qanday bo‘lsangiz shundayligizcha sevaman!"
To‘ydan keyin esa: "Chekmang!", "Ichmang!", "So‘kinmang!", "Qayerda yuribsiz?"...
Men bo‘lsam laqqa tushib o‘tiribman uni yolg‘on va’dalariga...
Boy amaldorning o‘g‘li mashinasida 2 kishini urib yuboribdi. Biri mashinaning old oynasiga urilibdi. Ikkinchisi esa yo‘l chetidagi ariq ichiga tushib ketibdi.
Sud ishi ko‘rib chiqilib, hukm o‘qilayotganmish:
“Birinchi piyoda mashinaning old oynasini sindirgani uchun 2 yilga, ikkinchi piyoda voqea joyidan yashiringani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etilsin!”
Shunchaki o‘rnimga yotsam – uxlab qolaman.
Kitob o‘qish uchun yotsam - uxlab qolaman.
Biroz televizor ko‘ray, deb yotsam – uxlab qolaman.
Uxlash uchun yotsam, uxlab bo‘pman!!!