Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ona besh yoshli o‘g‘liga tanbeh beribdi:
— Hadeb qo‘shnimizni uyiga chiqaverma! O‘zini bolalari ko‘p, yoqmaysan!
O‘g‘li:
— Nega endi? Har chiqqanimda, onasi:
— Kelaqol. Sen yetmay turganding o‘zi!, - deydi-ku...
— Allo, bu Bobur-akani nomerimi???
— Yo‘q, men Shaxnozaman!!
— Aldamang, Bobur-akani nomeriku bu to‘g‘rimi??
— E, qanaqa Bobur? Men Shaxnozman!!!-
— Unda nimaga erimni telefonida Bobur deb yozilibsiz??!!
Bemorni shikoyatlarini eshitib o‘tirgan vrach hadeb "Yaxshi, yaxshi" deyaveribdi. Bemor: — Men dardimni aytsam, siz nimaga nuqul yaxshi deyaverasiz? - desa, vrach: — Sizga o‘xshagan bemorlarni qabulimga kelib turgani yaxshi-da! - degan ekan.
Shifokor ko‘rigida: — Ayting-chi doktor, menga shu pullik operatsiyani qilish zarurmi? — Albatta! Bu operatsiyasiz umuman Amirsoyga borib bo‘lmaydi. — Men Amirsoyga borishni xohlamayman! — Siz haqingizda gapirmadim...
Er-xotin ta’tilga otlanishibdi. Xotin: — Bolalarni oyimnikiga, kuchugimizni qo‘shniga tashlab ketamiz. Mushukni dugonamnikiga olib borib qo‘yaman, - debdi. Eri o‘ylanib turib: — Xotin, uyimiz shunaqa tinch bo‘lsa, qayerga ketamiz. Uyda dam olaqolaylik, - dermish.
Bir kishi o‘g‘li 18 yoshga kirguncha aliment to‘labdi. O‘g‘li 18 ga to‘lgan kuni uni chaqirib: — Borib onangga ayt! Endi aliment olib bo‘pti mendan. Shu gapni eshitganda onangni yuzini bir ko‘ray! - debdi. Bola onasiga kelib gapni aytibdi. Onasi: — Hozir borib adangga ayt. 18 yildan beri aniq o‘zini o‘g‘liga aliment to‘labdimikan? Shu gapni aytganingda adangni yuzini bir ko‘ray! - degan ekan.
Boyliklari behisob, o‘ta badavlat qariya xizmatkoridan so‘rabdi:
— Ayt-chi, nega yosh va chiroyli qizlar menga turmushga chiqishga bunchalik shoshilmasa?!
Xizmatkori:
— Eh... Ular aslida tezroq beva qolishga shoshilishmoqda!