Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir talaba yigitga har kuni avtobusda qari kampir yeryong‘oq berar ekan.
Oxiri yigit so‘rabdi:
— Nega har kuni meni yeryong‘oq bilan siylaysiz? Ataylab meni deb sotib olasizmi?
Kampir javob beribdi:
— Yo‘q. Men har kuni Snikers yeyman. Shokoladni ichidan chiqgan yong‘oqlarni tishim yo‘qligi uchun og‘zimda u yoqqa, bu yoqqa olaman-da, chaynab yutolmayman. Keyin shularni senga ilinaman-da bolajonim.
O‘qituvchi so‘rabdi:
— Bolalar, maktabimizga tekshiruv kelgan. Hozir ular bizni sinfga kirganlarida nima deymiz?
— Assalomu alaykum deymiz.
— Chiqib ketayotganida-chi?
— Hayriyat-yey deymiz! – deyishibdi.
Dam olish kuni ota-bola bozorga ketayotishsa, oldilaridan o‘g‘lining o‘qituvchisi chiqib qolibdi.
— Bolam, ustozingga salom bermaysanmi? – desa, o‘g‘li:
— Bugun dam olish kuni-ku!? – dermish.
— Bugun ishxonada direktorimiz kompyuter o‘yinlari bo‘yicha musobaqa uyushtirdi.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi, gapir?
— G‘olib bo‘lgan xodimlarni uchtasi ishdan bo‘shatildi!
Bir kuni Tiko sevgilisi Matizga xat yozibdi:
— Salom azizam Matizxon! Kecha oyingiz Damas opani ko‘rgandim. Dadangiz Neksiya aka bilan birga ketayotkan ekanlar.
Signal chalsam qarashmadi.
Keyin bilsam sizga olifta Sparkdan sovchilar kelgan ekan. Uning amakilari Epika va Kaptivalar to‘y qilmoqchi ekan.
Men hozir arendadaman qutilib bo‘lishim bilan amakim Malibu va Orlandolarni sovchilikka yuboraman!
Siz motorizga quloq tuting. Ha aytgancha, kelgindi BMW orqezdan yurgan ekan.
Aytib qo‘ying, rashkim yomon. Benzin bakini teshib qo‘yaman!
Men sizni so‘ngi benzinim qolgunicha sevaman!
Bir kuni futbol o‘yinidan oldin bir o‘yinchiga treneri raqib jamoa xavfli hujumchisining yonidan jilmay o‘ynashini aytibdi. Birozdan so‘ng raqib hujumchi “Qizil kartochka” olib, o‘yindan chiqib, zahiraga borib o‘tirsa, boyagi o‘yinchi ham uning yoniga borib o‘tirib olgan ekan.
Rahbar kotibasiga:
— Yakshanba kuni bo‘shmisiz?
Kotiba umid bilan, nozlanib:
— Ha bo‘shman. Hech qanday ishim yo‘q. Bekorchilik...
Rahbarni jahli chiqib:
— Siz bugunni ham yakshanba deb o‘ylayapsiz shekilli! Ishingizni qiling!
— Oyi dadamni rasmlari bormi? - deb so‘rabdi 1-sinfda o‘qiydigan o‘g‘li.
— Ha, bor. Nima qilasan?
— Maktabga oboraman, ustozimiz uy vazifasini tayyorlab bergan ahmoqni bir ko‘rmoqchiman dedilar.