Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
GreenCard yutib anchadan buyon vataniga qayta olmayotgan kishi tilla baliq tutib olibdi:
— Tila tilagingni ey odamzod!
— Meni O‘zbekistonga qaytarib yubora olasanmi?
— Buni iloji yo‘q! Agar iloji bo‘lganida, o‘zim ham Sirdaryoga qaytgan bo‘lardim.
Ikki do‘st uchrashib qolishibdi. Biri ikkinchisidan so‘rabdi:
—O‘rtoq, oxirgi marta qachon cho‘milding?
Do‘sti javob beribdi:
— Ikki yilcha bo‘ldi shekilli.
— Ha yaxshi...
— O‘zing-chi, qachon cho‘milding?
— Men oxirgi marta olti oy oldin basseynga borgandim.
— Baliq bo‘lib ket-yey, o‘rtoq!
Ommaviy bepul Wi-Fi hududlarni tashkil eting va soliq imtiyozlariga ega bo‘ling! Tadbirkorlar o‘zi nima qilishini bilmay yurishgan edi. O‘zbekturizm juda yaxshi o‘ylab topibdi-da!
Bir chol tilla baliq ushlab olgan ekan. Har doimgidek, baliq tilga kirib cholga debdi:
— Meni qo‘yib yubor! Istagan tilagingni bajo keltiraman...!
Chol ko‘pam o‘ylab o‘tirmay:
— Go‘zal ayol ber menga! – debdi.
Suvdan go‘zal pari chiqibdi.
— Bundan ham go‘zalroq bo‘lsin, - debdi yana chol.
Avvalgisidan ikki karra go‘zal husnli pari chiqibdi.
Chol yana:
— Go‘zallikda tengsiz bo‘lsin! – degan ekan, baliqni jahli chiqib:
— Noshud banda, yaxshilikni bilmading, - deb suvga kirib ketibdi.
Chol ne ko‘z bilan ko‘rsin-ki, suvdan o‘zini kampiri chiqib turganmish.
Kunlarning birida afandi bilan boy garov bog‘lashibdi. Kim tezroq va ko‘proq semirsa, pul yutug‘i o‘shaniki ekan.
Garov muddati tugay deb qolsa ham, afandi hech semirmasmish. Boyni esa kun sayin vazni ortib boraveribdi.
Vaqti kelib, boy afandining uyiga borib:
— Hoy afandi, chiq mana meni semirganimni ko‘r! Eshigingdan sig‘mayapman, - desa, afandi derazadan bilagini ko‘rsatib:
— Jimjaloq barmog‘imni o‘zi shunchalik bo‘lsa, qanday qilib eshikdan chiqaman?! – degan ekan.
O‘rmondagi hayvonlar zerikib, odamlarga o‘xshab "Gap" yeyishmoqchi bo‘lishibdi.
Hamma yig‘ilib, qura tashlashibdi. Birinchi bo‘lib “Gap” boshlash sherxonga tushibdi. Keyingi navbat quyonga to‘g‘ri kelibdi.
Kelasi hafta shanba kuni sherxonni gapiga hammasi yig‘ilishibdi. Sherxon ham sherligini qilib, har bir hayvonga 1 litrdan aroq quyibdi. Gap-gapga qo‘shilib, rosa ichishibdi. Tun yarmiga borganda aroq tugab qolibdi. Bo‘ri sherxonga qarab:
— Sherxon, gap-gapday bo‘lsin. Yana biror litr topgin, - debdi.
Sherxon bo‘lsa:
— Men-ku aroq topaman. Gazak yuq-ku!? - debdi.
Bo‘ri:
— Olib kelaver! Gazakni toparmiz..., - debdi.
Sherxon yana 1 litr aroq olib kelibdi. Keyin nima bo‘lib o‘tganini eslay olmasmish.
Ertalab turishsa, quyon ko‘rinmas emish. Hammasi quyon ularni uyg‘otmay ketib qolgan deb o‘ylashibdi.
Oradan 1 hafta o‘tib, “Gap” berish navbati quyonga kelibdi. Quyonni uyiga
borib, eshigini taqillatishibdi. Eshikni quyonning xotini ochibdi.
Bo‘ri:
— Ering qani? – desa, xotini:
— O‘tgan hafta “Gap”ga ketgandi, qaytib kelmadi... – dermish.