Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ichki ishlar bo‘limiga kelgan erkak militsiya xodimiga murojat qildi:
— Tunda bizning uyga o‘g‘rilikka kirgan jinoyatchi bilan gaplashsam bo‘ladimi?
— Nimani gaplashasiz?
— Xotinimga bildirmay tunda qanday qilib uyimizga kirganini so‘rab olmoqchiman.
16
Quyon o‘rmondan ketayotsa, yo‘lda arslon yotganmish.
— Nima qilib yotibsiz bu yerda? – so‘rabdi quyon.
— Dam olib yotibman, - debdi arslon.
Quyon ortiga qaytib kelayotsa, arslon haliyam o‘sha yerda yotibdi...
Hayron bo‘lib undan yana so‘rabdi:
— Haliyam yotibsizmi? Nima qilyapsiz o‘zi bu yerda?
Arslon chiday olmay yig‘lab debdi:
— Qopqonga tushib qolganman. Yordam ber!
Quyon:
— Nariroq yotsang bo‘lmaydimi!? – deb arslonni bir tepib o‘tib ketgan ekan.
13
Bir kuni tepakal odam sartaroshxonaga kiribdi. Sartarosh sochni kaltalatib bo‘lgach, ish haqqini 2 baravar qimmat aytibdi.
Jahli chiqqan mijoz:
— Nega buncha qimmat? Axir boshimda sochim juda ham kam-ku!? – desa, sartarosh:
— Hamma gap shunda-da! Bu kal boshingizdan sochni qidirib topish oson bo‘ldi deysizmi menga!?
14
Bir odam “Korrupsiyaga qarshi kurash” bo‘limiga kirib debdi:
— Menga korrupsiyani yo‘q qilib bersangiz!
U yerdagilar bo‘lsa:
— Mayli. Qancha berasan? – degan ekan.
15
— Tartib-intizom va tozalik xodimlarimizning eng asosiy shiori bo‘lishi kerak, - debdi korxona direktori ish so‘rab kelgan yigitga.
— Ha, albatta!
— Masalan, siz bu yerga kirishdan avval oyog‘ingizni artdingizmi?
— Artdim! Toza qilib artdim!
— Ikkinchidan, biz uchun tozalikdan ham muhim jihat - rostgo‘ylik. Korxonamiz eshigi oldida pol latta yo‘q-ku?!
16
Oltin baliq tutib olganimda “Hamisha pulga ko‘milib yuray”, deb tilak bildirgandim. Shundan beri inkassator bo‘lib ishlayapman. Maoshim ozligini aytmasa, tilagim to‘la amalga oshdi.
17
— Eshitishimcha, siz sirkda sherlarni o‘ynatar ekansiz. Bir narsaga hayronman. Siz kichkinagina, nimjon, ozg‘in bo‘lsangiz, nega sherlar sizni yeb qo‘ymaydi?
— Ha, hamma gap shunda-da! Ular meni semirishimni kutishyapti!
16
Avtobus o‘rindig‘ida qo‘liga qadah bilan aroq shishasini ushlab o‘tirgan mast yo‘lovchini yoniga chiptachi ayol kelib debdi:
— Yo‘l haqi uchun qani?!
Mast odam birdan xursand bo‘lib:
— Ana! Topdim! Yo‘l haqi uchun, mana oldik! – deb qadahdagi aroqni ichib yuboribdi.
15
Jarima – bu to‘g‘ri yo‘l tutmaganing uchun to‘lovingdir.
Soliqlar esa to‘g‘ri yo‘l tutayotganing uchun to‘loving bo‘ladi...
13
Yangi kelin-kuyov chimildiqda o‘tirganmish. Kuyov barmog‘idagi uzukni aylantirib o‘tirgan ekan, kelinni sabri tugab:
— Siz boshqa ishni ham bilasizmi? – desa, kuyov:
— Bilaman. Uzukni narigi tarafga ham aylantira olaman - debdi.
17