Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Karantin davri iqtisodiyotga zarar deyishadi. Graf Monte Kristo aasari qahramoni esa 14 yil izolyatsiyada o‘tirib chiqib boyib ketadi. Buni ustiga hamma dushmanlaridan o‘ch olib, bevafo xotinini ham esini kiritib qo‘ygan edi.
Qimmatbaho mo‘ynali palto sotib olgan ayol sotuvchidan so‘rayapti: — Bir narsa iltimos qilsam maylimi? Paltoni uyimga eltib berishganda, menikiga kirishdan oldin “adashib” qo‘shnimning eshigini taqillatishlarini xohlardim...
Sen o‘zingni ulg‘ayganingni bilishing qiyin emas! Hamma narsani go‘sht narxi bilan o‘lchay boshladingmi, tamom! — Yur, kinoga boramiz! — Qo‘ysang-chi! Ikki kilogram go‘shtni pulini yo‘q qilib kelamiz... — Shashlikka boraylik...!
Shahar transportidagi befarosatlar xit paradi:
1. Umuman yuvinmaydiganlar.
2. Tutqichdan ushlab turish o‘rniga ustingga yiqiladiganlar.
3. Telefonda ovozi boricha baqirib gaplashadiganlar.
4. Qariya yoki yosh bolali yo‘lovchini ko‘rishi bilan uxlab qoladiganlar.
5. O‘zini bekatiga yetib kelmagan bo‘lsa ham eshik oldidan ketmaydiganlar.
6. Yuzingga qarab yo‘taladiganlar.
7. Sochini u yoqdan bu yoqqa silkitib yuzingga tekkizishni yoqtiradiganlar.
Sartaroshxonada:
— Hali o‘quvchi ekansiz. Qanday qilib sochimni olasiz? Biror joyimni jarohatlab olmang tag‘in...!
— Qo‘rqmang! Qaychim kesmaydi, umuman o‘tkir emas.
Bir yigit Rossiyada yashashni boshlabdi. U rus tilini yaxshi bilarkanu, biroq “ikki” ya’ni “dva” so‘zini bilmas ekan. Bir kuni non olish uchun magazinga kiribdi. U ikkita non olishi kerak, lekin “ikki” so‘zini bilmaydi. Uchta ola qolay desa, bisotida ikkita nonga yetadigan puli bor xolos. Bir dona olsa, kamlik qiladi. Nima qilishini bilmasdan u yoqqa, bu yoqqa yurarmish. Buni ko‘rgan sotuvchi hayron bo‘lib:
— Chego vam nado? – desa, yigit o‘ylanib:
— Tri xleba, odin nenado! – degan ekan.
Yigit:
— Menga turmushga chiqasizmi?
Qiz:
— Men turmushga chiqadigan yigit kuchli va ishbilarmon ham bo‘lishi kerak.
Yigit:
— Axir men seni bezorilardan qutqardim-ku!
Qiz:
— Albatta! Lekin ishbilarmon emassiz-ku?!
Yigit:
— Agar bilsang, o‘sha bezorilarni yuborgan ham men bo‘laman.