Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni uyda o‘tirsam, 4 tasi kepti. Bir o‘zim 4 tasiga qarshi chiqdim. Har biriga bir shapaloqdan qo‘ygandim o‘ziga kelolmadi. Sizlarni uyingizda ham chivin bormi?
Er-xotin suhbati: — Onasi, ertaga Eng yaqin do‘stimning to‘yi bo‘larkan. Anavi Djuliya Roberts ishtirokida. — Nega buni oldinroq aytmadingiz? Men nima kiyib boraman to‘yga? — Ey ahmoqmisan?! Bu kino-ku! — Meni ahmoq dedingizmi? O‘tgan hafta Oqqush ko‘liga boraylik desam, qarmoq ko‘tarib chiqqaningiz esingizdan chiqdimi?
Ikkita odam liftga qamalib qolibdi: Birinchisi: — Hamma tugmani bosdim. Nimagadir ochilmadi, - debdi. Ikkinchisi tugmalardan biriga boshini uribdi. Keyin lift eshigi ochilibdi. Shunda sherigiga: — Ko‘rdingmi? Boshni ishlatish kerak! - dermish.
O‘g‘lidan onasiga SMS: "Oyi, men kirish imtihonlarini topshira olmadim. Adamni tayyorlang!" Onasidan javob: "Adang tayyor! Sen quloqlaringni kuchli shapaloqqa tayyorla!"
Harbiy xizmatga kelgan askarlardan komandir so‘radi: — Mana, bugun sizlar uchun harbiy xizmatdagi birinchi kun. Sizlarni har xil ishlarga taqsimlaymiz. Oralaringda biron nima pishirishni biladiganlar bormi? — Men. — Qayerda ishlagansan? — Zavodda. — Nima pishirgansan? — Asfalt.
Institutda guruh sardori talabalarga stipendiya tarqatmoqda: — Azimov. — Men. — Mana stipendiya, ol. — Botirov. — Men. — Mana seni stipendiya. — ... Shunaqa qilib familiyalarni o‘qib kelaveribdi-da, oxiriga kelganda: — Jami. Jami kim??? - desa, hech kim indamasmish. — Yo‘qmi jami? Essiz 3 million puli bor edi-da, - dermish.
— O‘g‘lingiz dars vaqtida rogatkadan otib o‘tiradi, - deb nolibdi o‘qituvchi o‘quvchining onasiga. — Voy shumtaka-yey! Tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilgan to‘pponchani yo‘qotibdi-da, - debdi onasi.