Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikki ovchi o‘rmondan chiqib kelayotishsa, ulardan bittasi to‘satdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko‘zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol “tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go‘shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do‘stim o‘lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob beribdi:
— O‘zingizni bosing! Sizga yordam beramiz! Avval ayting-chi, do‘stingiz rostdan ham o‘lib bo‘ldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so‘ng ov miltig‘ining gumburlagan ovozi eshitilibdi. So‘ng ovchi operatorga:
— O‘lganligi aniq. Tekshirdim. Xo‘sh, endi nima qilay?
Bir kishiga savol berishibdi:
— Kim ko‘proq hayotidan mamnun bo‘lib yashaydi? To‘rtta bolasi bor odammi yoki to‘rt million puli borimi?
— To‘rtta bolasi bor odam-da! Chunki, to‘rt millioni bor odam yana ko‘proq pul xohlayveradi...
Bir chiroyli qiz do‘kon aylanib yurib, sotuvchidan so‘rabdi:
— Anavi gulli, bejirimgina ko‘ringan narsa nima?
— Bu antiqa sovg‘a. "Yagona sevgilimga" degan yozuvi ham bor.
— Shundan menga olti dona berib yuboring!
Boshliq yangi hisobchini ishga olmoqchi bo‘lib, nomzodlarni suhbatga chaqiribdi:
— Ikki karra ikki nechi bo‘ladi?, - deb savol beribdi. Hammadan "to‘rt" degan javob chiqibdi. Faqatgina bitta nomzod javob bermabdi. Yolg‘iz qolishgach, boyagi indamay o‘tirgan nomzod boshliqqa yaqin kelib:
— Nechi bo‘lsin xo‘jayin? Qancha qilib beray?, - degan ekan, boshliq o‘sha nomzodni ishga olibdi.
Bir o‘zbek Fransiyaga boribdi. Eyfel minorasiga qarab tursa, fransuz yigit o‘tib ketayotgan ekan. Uni to‘xtatib so‘rabdi:
— Bu minorani qancha vaqtda qurishgan?
— Bir oyda, - debdi fransuz.
O‘zbek, - bu yigit meni aldadi, - deb ishonmabdi.
Keyin o‘sha fransuz O‘zbekistonga kelibdi. U Registonga kelib, haligi o‘zbekni uchratibdi va undan so‘rabdi:
— Bu imoratlarni qancha vaqtda qurishgan?, - desa,
— Hozir kelayotganimda yo‘g‘idi, - dermish o‘zbek.