Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Mashhur jamoa futbolchisi o‘z uyiga sport muxbirlarini chaqirib, uyida bor texnika anjomlarini birma-bir ko‘rsata boshlabdi:
— Mana bu televizor, bu konditsioner, bu muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, ...
Muxbirlar hayron bo‘lib, futbolchidan nega bularni ko‘rsatayotganini so‘rashsa:
— Sizlar nuqul "bu futbolchini texnikasi yo‘q", deb gazetaga yozasizlar, sizlarga yana qanaqa texnika kerak?, - dermish.
Quyon do‘konga kirib ayiqdan so‘rabdi:
— Kofe bormi?
— Yo‘q, bizda unaqa narsa sotilmaydi - debdi ayiq.
Ertasiga quyon yana kelib?
— Kofe bormi?
— Yo‘q dedimku senga, - debdi jahl bilan ayiq.
Uchinchi kuni yana shu holat takrorlangan ekan, ayiq:
— Agar yana bir martta kirib kofe so‘rasang qo‘log‘ingga mix qoqib, devorga ilib qo‘yaman, - deb baqiribdi.
Quyon qo‘rqqanidan oldi-orqasiga qaramay qochibdi.
Uch kundan so‘ng quyon do‘konga sekin kiribdi-da debdi:
— Mix bormi?
— Yo‘q.
— Bo‘lmasa kofe bormi? - dermish.
Avtobusda bir bolakay yig‘lab o‘tirgan ekan. Bolani to‘xtatish uchun bir onaxon unga olma uzatdi.
Bola olmani olib indamay turaverdi.
— Nima deyish kerak, bolakay? - deb so‘radi yonidagi ayol.
Bola onaxonga qarab:
— Yuvilganmi? - debdi
Bir kuni shiringina Latifa, oyisidan so‘rabdi:
— Oyijon nimaga meni ismimni Latifa qo‘ygansiz? - desa
Afandi dadasi:
— Oying Tabassumxon, men Afandi bo‘lganimdan keyin, sen ham Latifa bo‘lasande qizim, — dermish
Uchta kampir gaplashib o‘tirishibdi.
Birinchi kampir:
— Yoshim 60 ga chiqdi, bittayam tishim tushmagan, tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Ikkinchi kampir:
— Yoshim 65 ga chiqdi. Sochlarim huddi yoshligimdagiday qalin, qora. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Uchinchi kampir:
— Maqtanishga boshqa narsa topolmadilarmi? To‘g‘ri yoshim silarnikidan ancha katta. 70 daman, tishlarim allaqachon to‘kilib, sochlarim ham oqarib yotibdi. Lekin haliyam man qiz bolaman. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - dermish.