Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Yalmog‘iz kampir o‘rmonda uchib ketayotib, bir soxibjamol qiz daraxt tagida yalang‘och ahvolda sochini tarab o‘tirganini ko‘rib qolibdi, to‘xtab so‘rabdi:
— Ey, ahmoq qiz, o‘rmonda yalang‘och ahvolda o‘tirishga uyalmaysanmi? — desa:
Qiz:
— Buvijon bu axir so‘ngi modadagi ko‘ylagim-ku, — deya javob beribdi.
Yalmog‘iz kampir uyiga boribdida, u ham uyini oldida yalang‘och o‘tirsa, oldidan Kashey o‘tib qolib:
— Kampir qarigan chog‘ingda esing og‘ib qoldimi, bu nima o‘tirish?
— Ey chol sen nimani bilarding, bu axir so‘nggi modadagi yangi ko‘ylagim-ku!?
— Unday bo‘lsa yangi ko‘ylakni uyoq-buyog‘ini dazmol qilib kiyadida.
Ingliz ayollari «I love you», - deb — 1-2ta tug‘ishadi.
Rus ayollari: «Ya tebya lyublyu», - deb — 2-3ta tug‘ishyapti.
O‘zbek ayollari esa: «Nariroq yoting, boring», - deb — 4-5-6ta tug‘ishyapti.
Kasallik varaqasini to‘ldira turib, doktor bemor ayoldan so‘rabdi:
— Xo‘sh, opajon yoshingiz nechada?
— Opajon, demang meni! Axir endigina yigirma sakkiz yosh va bir necha oyga to‘ldim...
— Xo‘sh, necha oy?
— Bir yuz to‘kson sakkiz oyga...
E’lon: Muhtaram va munis ayollar! Agar siz o‘z qomatingidan qoniqish hosil qilmasangiz zudlik bilan bizning huzurimizga keling! Bizni har qanday qomat qoniqtiradi!
Kuyov kelinni nikoh uyidan qo‘lida ko‘tarib chiqyapti.
— Jonim, endi biz er va xotinmiz to‘g‘rimi?
Kuyov:
— Ha
Kelin:
— Keling, unda boshizga chiqib olaqolay?
Afandi kechasi uyqusi kelmay, ko‘chaga chiqib aylanib yurgan edi, ittifoqo bir o‘g‘riga duch kelib qoldi.
— Kimsan?! Bemahalda nima qilib yuribsan? - do‘q urdi o‘g‘ri.
— Shu shaharning o‘g‘rilaridanman,— dedi Afandi ham bo‘sh kelmay. O‘zing kimsan?!
— Men ham boshqa bir shahardan kelgan zo‘r o‘g‘riman. Uchrashganimiz yaxshi bo‘ldi, ikkalamiz bahamjihat ish qilamiz. Men yangi kelganman, hali bu shaharning pasti balandini yaxshi bilmayman. Qani aytingchi ishni qayerdan boshlasak bo‘ladi?
— Shahar qozisining bir oq hangi eshagi bor. Avval shuni o‘g‘irlasak, keyin bozorga borib, ikkita qop bilan ozroq arqon o‘g‘rilasak, innaykeyin shishafurushning do‘konidan shisha o‘g‘irlab ikki qopga liq to‘lg‘izsakda, bizning hovliga oborib ko‘mib qo‘ysak yomon bo‘lmas edi. Shunda anchagacha jonimiz tinchirdi-da! Qalay, bu maslahatim sizga yoqadimi?.
— O‘g‘ri javob berguncha bo‘lmay, mirshablar kelib qolishdi. O‘g‘ri shilt urib qochib ketdi, Afandi qo‘lga tushib qoldi. Uning dod-faryodiga quloq solmay, olib borib zindonga tashladilar...
Ertalab uni so‘roqqa olib chiqishdi.
— Xo‘sh Afandim,— dedi hokim,— sizni tuppa-tuzuk odam deb yursak, o‘g‘ri boshi ekansiz-ku! Nima qilib o‘g‘ri bilan tun qorong‘isida gaplashib turuvdingiz?
— Endi maslahatlashayotuvdik-da. To bir qarorga kelguncha bo‘lmay, mirshablaringiz ushlab olishdi.
— Nima maslahat qilayotuvdingizlar?
— Avval qozining oq eshagini o‘g‘irlab, undan keyin bozordan qop bilan arqon olib, innaykeyin shishafurushning do‘konini urmoqchi edik.
Hokim huzur qilib kuldi:
— Axir o‘ylang, Afandim! Bunga siz ovora, biz ovora, eshak ovora. Shu ham o‘g‘rilik bo‘ldimi? Ha, eshak o‘g‘rilikka arziydi...
— Quloq soling, taqsir. Eshakni vaqtincha omonat o‘g‘irlab, shishani yetkazib olgach, yana qozining eshigidan sekin kirgizib yubormoqchi edik-da.
— Iye, o‘g‘rilikning omonati ham bo‘ladimi?
— Ish bitguncha-da, taqsir. Nima qilamiz, jonli narsani asrab, boshimizga dahmaza orttirib. Yem-xashak uchun tag‘in birovni qon qaqshatish yaxshimi?!
Hokim yana kulib yubordi:
— Shishaning yuztasini bir tangaga ham olmaydi-ku! Shuyam o‘g‘rilik bo‘ldimi?!
— Xo‘p, bo‘lmasa sizningcha nima qilishimiz kyerak edi?
— Kiroyi o‘g‘rilik qilganga yarasha podshoning g‘aznasini ursang ekan.
— Mana shuni sizga o‘xshagan tajribali odam yotig‘i bilan tushuntirib bersa, durust bo‘larkan-da. Eh, attang! Ha mayli, endi bundan keyin siz bosh qo‘shsangiz, biz bajonidil xizmatingizga tayyormiz.
Afandining yoshlikdan birga o‘sgan do‘sti bor edi. Yillar o‘tib shu do‘sti katta mansabga ko‘tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do‘sti Afandi bilan ko‘rishish o‘rniga:
— Sen kimsan, nima ish bilan kelding!— deb do‘q urdi.
— Meni tanimaysanmi, yoshlikda yong‘oq o‘ynab o‘sgan do‘sting bo‘laman. Seni ko‘r bo‘lib qolibdi deb eshitib, ko‘ngil so‘ragani keldim,— dedi Afandi.
Samarqandlik bir opaxon magazindan shifoner olib kelib, uyiga joylashtiribdi.
Opaning ko‘chasidan tramvay o‘tar ekan, tramvay har o‘tganda shifonerni eshigi ochilib ketaveribdi. Opaxon xunob bo‘lib, qo‘shni usta amakini aytib chiqib, tuzatib berishini so‘rabdi.
Usta sababini bilish uchun shifoner ichiga kirib o‘tirsa, aksiga olib opaning eri kelib qolibdi.
Yangi shifonerni ko‘rib, eshigini ochib qarasa ichida qo‘shni amaki o‘tiribdi.
Shunda er achchig‘i chiqib:
— Hoy, ablah! Birovning yotoqxonasida, shifonerni ichida nima qilib o‘tiribsan?, - desa.
Usta:
— E, qo‘shnijon aytsam baribir ishonmaysiz, tramvay kelishini kutib o‘tiribman, - dermish.