Siz quyidagi 3 ta faktni bilasizmi? 1. Chap ko‘zingizni yumib, hech qanday yozuvni o‘qiy olmaysiz. 2. 1-faktni o‘qib, o‘zingizda tekshirib ko‘rasiz. 3. Aldanganingizni bilib kulasiz.
Mo‘ynali palto do‘koniga er-xotin xaridorlar kirishsa, yoniga sotuvchi qiz yugurib kelibdi: — Biror nima qidiryapsizmi? - debdi xushfe’llik bilan. Xaridor er: — Kuya kapalagiga yemish qidiryapmiz, - degan ekan.
Meni buvam Titanik cho‘kib ketishi haqida ogohlantirgan edi! "Hozir aysbergga uriladi! Hozir cho‘kib ketadi" deb rosa baqirgandi. Lekin uni kinoteatrdan haydab chiqarishdi-da!