Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Afandi eshagini sotib, kanal ochibdi. Kanaldan ancha pul ishlab, Kaptiva sotib olibdi.
Afandilarga omad!
25
Avtobus to‘xtashi bilan bekatda turgan birduduqroq kishi barmog‘ini haydovchiga uzatib olib:
— Pax-pax-pax paxtakorga boradimi? – desa, haydovchi:
— Chiqing amaki, boradi. Hammani otib tashladingiz, - degan ekan.
10
Erkaklar sartaroshxonasida:
— Sizga upa surib qo‘yaymi?
— Bu ham soch olishni bahosiga kiradimi?
— Ha.
— Unda, menga upani o‘rab bera qoling. Xotinimga olib boraman.
10
Ota va bola negarlar plyaj yonidagi do‘konga kirib quyoshdan himoyalovchi krem xarid qilib tursa, bir kishi kelib so‘rabdi:
— Sizlar buni nima qilasizlar?
Ota-bola javob bergan ekan:
— Buni yuzimizga surtmasak, qorayib ketamiz.
12
— Kecha okulist qabuliga borgan edim.
— Xo‘sh, nima dedi?
— Alifboni o‘rganishim kerak emish...!
13
— Bilasanmi onasi, agar bordi-yu chapga to‘rt martta yursam, unda geometriya qonunlariga ko‘ra yana sening oldingga qaytaman.
— Agar men to‘rt martta chapga yursam-chi?
— Sen onangni uyiga qaytasan!
14
Katta yo‘ldan taksi mashinasi ketayotsa, YPH nazoratchisi qo‘lini ko‘tarib, ishora qilib mashinani to‘xtatibdi. Taksi haydovchisi to‘xtab, oynadan qarab:
— Qayerga ekan? – desa, nazoratchi:
— Hech qayerga! – debdi.
Shunda taksichi:
— Unda nega ovora qilib taksini to‘xtatyapsiz!? – deb yurib ketvargan ekan.
14
Bir ayol vrachning xonasiga kirib, kasallik varaqasini unga uzatibdi. Vrach anketani sekin varroqlab ocha boshlabdi-yu, har-har zamon “Voy-voy! Shunchalik ham bo‘ladimi?!” deb boy chayqab qo‘yibdi.
Buni ko‘rgan byemor ayolni “nafasi ichiga tushib” so‘rabdi:
— Doktor, ahvolim shunchalik yomonmi?
Vrach bo‘lsa unga qarab debdi:
— Sizni emas, ko‘zimni aytyapman...! Ko‘zoynaksiz umuman o‘qiy olmaydigan bo‘lib qolibman-a...
16
Uch boshli ajdar bir-biri bilan suhbatlashmoqda:
— Negadir boshim og‘riyapti...!? Kecha ichmagandim shekilli...!? – debdi bittasi.
Ikkinchisi:
— Men rosa ichgandim. Oshqozonimiz bitta-ku! - dermish.
15
“Buzoqni yugurgani somonxonagacha” degan maqolni eshitgan buzoq endi o‘tloqqa qarab yuguradigan bo‘libdi.
13