Mashhur folbin bir shaharga mehmon bo‘lib kelibdi. Yo‘lni bilmay tursa, yonidan bir kishi o‘tib qolibdi. Shunda folbin:
— Hoy og‘ayni, yo‘lni bilmay turibman, aytib bera olmaysizmi? – desa, haligi kishi yo‘lni ko‘rsatib yuboribdi.
Shunda folbin:
— Yaxshiligingizga men ham yaxshilik bilan javob qaytarmoqchiman. Men falon yurtning mashhur folbiniman. Keling, sizga ham bir fol ochib kelajagingizni aniq aytib beray, - debdi.
Shunda haligi kishi javob beribdi:
— O‘zini yo‘lini bilmagan odam, meni kelajagimni qayerdan bilardingiz!?
Praporshik vzvod qurol-yarog‘larining holatini tekshiryapti.
— Kimning avtomati bu, yaxshi tozalanmagan? - qichqirdi u.
— Kalashnikov avtomati, o‘rtoq praporshik.
Nazarboyev Tokayevga rulsiz mashina sovg‘a qildi.
Tokayev:
— Nursulton Abishevich, kechirasiz. Lekin men uni qanday boshqaraman?
— Sen muhimi gazni bos! Boshqarishni esa menga qo‘yib ber.
Bir odam sehrli chiroq topib olibdi. Chiroqni ishqalasa, ichidan jin chiqib “3 ta tilak tila” debdi.
Haligi odam debdi:
— Menga 2 qavatli hovli bergin. Hovlini o‘rtasida Malibu mashinasi va mashina ichida yangi iPhone 11 Pro bo‘lsin. Bu birinchi tilagim!
Uchta xotin suhbatidan:
Birinchi xotin:
— Erim har bayram kunlari to‘yib aroq ichadi.
Ikkinchi xotin:
— Meni-yam erim ichadi. Faqat choyxonaga borgan kunlari ichadi.
Uchinchi xotin:
— Meni erim... – deb tursa, eri kelib qolib debdi:
— Xotin, kalendarga qara-chi, bugun bayrammi? “Yo‘q” deysanmi!? Unda men choyxonaga ketdim, – dermish.
Bir odam imtihon topshirgani borsa, domla ismini so‘rabdi.
— A-a-a-anvar, - debdi haligi odam.
— Nega ismingizni A-a-a-anvar deyapsiz? Duduqmisiz? – debdi.
— Yo‘q, pasportimga ismimni shunday yozishgan, - dyeb javob bergan ekan.
— Televizor hech qachon gazetaning o‘rnini bosa olmaydi.
— Nimaga endi bosa olmas ekan?
— Mana misol uchun, sen televizorni yuzingga bosib uxlay olasanmi?