Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir abituriyent imtihon paytida yonida abituriyentga debdi:
— Sening isming nima?
— Sardor. Seniki-chi?
— Meni ismim ham Sardor. Yana meni hujjatlarim bilan o‘rnimga imtihonga kirgan bo‘lmagin...!
Bir kishi qari donishmanddan:
— Ayollarni yaxshi yoki yomonligini qanday ajratsa bo‘ladi? - deb so‘rabdi.
— Ularni gapirishidan, - javob beribdi donishmand.
— Agar gapirmasa-chi?, - so‘rabdi kishi.
Shunda donishmand:
— Shuncha yashab, bunday yaxshi ayolni uchratmadim, - deb javob beribdi.
Ikki qo‘shni gaplashib o‘tirishgan ekan:
— Nega sizni uyingizdan doim mushukni qattiq chinqirib miyovlashi eshitiladi?
— Men uni cho‘miltiraman.
— Men ham o‘zimni mushugimni cho‘miltiraman. Lekin unaqa miyovlamaydi-ku!
— Siz uni suvini siqasizmi?
Boy xizmatkori bilan sayohatga chiqishibdi.\nKech kirib, bir joyda to‘xtashibdi-da, tunash uchun chodir tikishibdi. So‘ng shu chodirga kirib uxlab qolishibdi. Tongga yaqin xizmatkor o‘yg‘onib, yotgan joyida xo‘jayniga shunday debdi:
— Anavi osmonda ko‘rinib turgan yulduzlar nimani anglatadi?
Boy:
— Shuni ham bilmaysanmi nodon!? Kun issiq, havo ochiq bo‘lishini anglatadi, - desa, xizmatkor:
— Balki chodirimizni o‘g‘rilab ketganini bildirar...?! – degan ekan.
Bir kishining kasbi duradgor ekan. Xotini uyda yo‘qligida bolalariga ertak aytib bermoqchi bo‘libdi.
— O‘tgan zamonda bir mamlakat shahzodasi boshqa podshohlikning malikasini sevib qolibdi.
Malikaga xat yozib, kabutardan jo‘natibdi. Uch kecha-yu, uch kunduz uxlamasdan, malikadan xat kutibdi. Vanihoyat, kabutar uchib kelibdi.
— Keyin nima bo‘pti ada? – so‘rabdi qizi.
— Qarasa, oyog‘iga xat bog‘langan. Malika javob yozibdi, deb o‘ylab, shoshib-pishib xatni ochib qarasa...
— Nima yozilgan ekan xatda? – yana qiziqib so‘rabdi qizi.
— U yerda “Qilich va qalqonlarga buyurtma olamiz. Arzon narxlarda”, - degan reklama turganmish.
Ikki aka-uka yo‘lda ketayotib, olma daraxtiga ko‘zi tushibdi. Qarasa daraxtda bir dona olma qolgan ekan. Aka olmani ukasidan oldin olaman deb shoshib daraxtga chiqib borayotsa, olma pastga tushib ketibdi. Ukasi olmani olib yeb qo‘yibdi.
— Akasi daraxtdan tushib, ukasiga
— Ko‘rdingmi, men bilan yursang olma yeysan, - dermish.
— Singlingni o‘z qo‘lingda ishlaydigan kassir yigitga turmushga berganing rosmi?
— Ha, rost. Singlim meni kassirimga turmushga chiqdi.
— Nega axir?! Sen kassir yigitni "qo‘li egri" deb yoqtirmas eding-ku?
— Tinchlan! Endi u ishxonadan o‘g‘rilagan hamma pullar singlimni qo‘liga kelib tushadi.