Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir yigit sog‘lig‘i yomonlashib nima qilishni bilmay tursa, afandi kelib qolibdi.
Yigit afandiga bor gapni aytib, nima qilishga boshi qotib tursa, afandi kimningdir telefon raqamini terib:
— Allo, bu Sog‘liqni saqlash vazirligimi? Do‘stimning sog‘lig‘ini saqlab bering, - degan ekan.
Yakin kunlarda telegram gruppalarida:
Agar meni yoqtirsang, menga kulib turgan (odamcha) smaylik yubor!
Agar menga yoqishni istasang, menga yurakcha rasmini yubor!
Agar meni sevsang, hisobimga pul tashlab yubor!
Bir kuni chol yo‘lda ketayotib ko‘za topib olibdi. Ko‘zadan jin chiqibdi. Chol jinga qarab:
— Menga 8 sotix yer ajratib ber! - desa, jin:
— Ko‘zani kadastrida buncha yerni o‘zi yo‘q-ku, Qayerdan topaman?! - dermish.
Kecha meni GAI xodimi to‘xtatib, qoidabuzarligim uchun jarima yoza boshladi. Shu payt xodimning cho‘ntagidan ikkita yap-yangi 50ming so‘mlik tushib qoldi.
Yerga tushgan pullarini olib, unga uzatsam, GAI xodimi menga jahl bilan:
— Pora taklif qilmay qo‘yaqoling! Jarima yozib bo‘ldim! - dedi.
Men esa bu pullar uning cho‘ntagidan tushganini aytib, hecham tushuntira olmadim. U ishonmadi.
Na iloj, 100 mingni cho‘ntagimga soldim-da, yo‘limda ketaverdim...
Avtobus bekatida ikki notanish erkak turibdi. Birining sochlari malla, ikkinchisi kal. Mallasoch erkak nimadan gap boshlashni bilmay so‘radi:
— Ha, birodar, Xudo sizni sochdan qisganga o‘xshaydi-a?
— Nega qisadi? Malla soch bermoqchi bo‘lgandi, o‘zim istamadim.
Ota-ona o‘g‘lini armiyaga kuzatyapti.
Ona:
— Doim haqiqatni yozgin!
Ota:
— E, uyoqda har bitta xatni tekshirishadi.
Ona:
— Unda ahvoling yomon bo‘lsa, qizil, yaxshi bo‘lsa, ko‘k rangli siyohda xat yozgin!
O‘g‘il jo‘nab ketdi. Oradan qanchadir vaqt o‘tib, ko‘k siyohda yozilgan xat kelibdi:
"Onajon, otajon, hammasi yaxshi! Faqat, bu xatimni qizil ko‘zoynak taqib o‘qinglar..."