Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir yigit ofisda ishlab o‘tirsa, yonidagi hamkasbi nuqul boshini stolga qo‘yib olib uxlarmish. Soatga qarasa, tushlik vaqti bo‘libdi.
Haligi yigit hamkasbini yoniga sekin borib, turtib debdi:
— Tur endi, tushlik vaqti bo‘ldi. Yur, ovqatlanib kelamiz.
Uxlab yotgan hamkasbi boshini ham ko‘tarmay:
— Sen boraver... Men bugun tushliksiz ishlamoqchiman, - dermish.
Avtomaktabda dars ketmoqda. Maktab o‘quvchilaridan biri instruktordan so‘rabdi:
— Shu gap rostmi, ayrim ayollar mashinani erkaklardan yaxshi boshqarar emish?
Instruktor:
— Yo‘q, unaqa emas. Ayrim erkaklar xotinlardan battar boshqaradi mashinani.
“Boriga baraka” ko‘rsatuvida chekka qishloqdan kelgan bir yigit ishtirok etyapti.
Dallol:
— Sizga bitta kompyuter, Arteldan barakali kir yuvish mashinasi va gaz plitasi beraman. O‘yinni shu yerda to‘xtatasizmi? – debdi.
Yigit ko‘p ham o‘ylamasdan:
— Aka, kompyuter bilan kir yuvish mashinasi kerak emas. Qishlog‘imizda svet yo‘q, gaz plitasi ham kerak emas. Unga yoqadigan gazimiz yo‘q. Yaxshi, shu sovg‘alarni o‘rniga bir mashina o‘tin bering. Oilam bilan qishdan eson-omon chiqib olardim. Bir moshina o‘tinga o‘yinni to‘xtatgan bo‘lardim... – degan ekan.
Bolakaylarning hech qachon tugamaydigan savollariga aqlli otalar shunday javob berishadi:
— Adajon, qachon pulingiz ko‘payadi?
— O‘g‘lim, nega oyim qachon sizdan kamroq pul so‘raydigan bo‘ladilar demaysan?!
Bir kishi tanish vrachdan so‘ragan ekan:
— Nima uchun bemorlaringdan nonushtaga nima yeganini so‘raysan?
Vrach:
— Shunga qarab bemorimning hamyoni baquvvatmi-yo‘qmi shuni bilib olaman-da!
Ikki futbol muhlisining suhbati:
— Bilasanmi, bokschilarimiz zo‘rda! Hech kim ularni yenga olmaydi. Ularni futbol maydoniga tushirsakmikan?!
— Ahmoqmisan? Ular futbol o‘ynashni bilmaydiku!?
— Nima farqi bor? Futbolchilarimiz ham bilmaydi...
Men juda kamtarin odamman!
Bir uyum yuvilmagan idish-tovoqlar turganini ko‘raman-u, ichimda “Bu idishlarni egasi men emasman!” deb indamasdan uyga kirib ketaveraman.