Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatib debdi: — Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan! Shunda xotini eriga qarab debdi: — Menchi dadasi? — Sen ham urgan golimsan. Faqat avtogolsan-de, - dermish eri.
Toshkentda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni biriga xaridor kirib ko‘rayotganmish. — Devorlari qalin, mustahkammi? Qani devorni narigi tarafiga o‘tingchi! — Men shundoq ham devorni orqa tarafida turibman. — Devor qani?
Er-xotin ovqatlanib o‘tirishsa, xotin chapillab ovqat yebdi. Shu payt eri bir turtib debdi: — Chapillatmasdan yegin! Birozdan keyin yana bir turtibdi: — Yana nimaga turtasiz? - debdi xotini. — Chapillatganing esimga tushib ketdi, - dermish eri.
Bir motivatsion spiker hamkasbidan so‘rabdi: — Qanday qilib daromadni ko‘paytirish mumkin? Hamkasbi debdi: — Istasang gapirib beraman. — Yo‘q, gapirib berishni o‘zim ham bilaman. Sen aniq ko‘paytirish usulini o‘rgat!
Bemorni sinchiklab tekshirgan vrach bemorni o‘ziga eshittirmaydigan sekingina xotini tomonga o‘girilib: — Bilasizmi, eringiz menga yoqmayapti, - desa, xotini ham past tovushda vrachga: — Shuni ayting! Menga ham yoqmaydi. Lekin bolalarim uni yaxshi ko‘radi-da! – debdi.
Bir kishi o‘rmondan o‘tib ketayotib, daraxtlar ko‘pligidan rosa charchabti. Oxirgi to‘nkaga o‘tirib ichida “Qachon tugarkan bu daraxtlar?!” deb o‘ylanib qolibdi.
Bankomat oldida:⠀
— Qizim hozir plastikdan pul yechamiz va senga shokolad olib beraman, - debdi onasi.
— Oyijon, buni ichida dadam bormilar? – dermish qizi.