Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Afandi tegirmonda bug‘doy torttirish uchun navbat kutib turar edi, turib-turib zerikdi. Boshqa qoplardan o‘zining qopiga hovuchlab bug‘doy sola berdi. Buni ko‘rib tegirmonchi so‘radi:
— Nima qilyapsiz, Afandi?
— Men tentakman!
— Tentak bo‘lsangiz, nega o‘z qopingizdan olib, birovlarnikiga solmaysiz - dedi tegirmonchi.
— Unda g‘irt jinni bo‘lar edim,— dedi Afandi.
Ishyoqmas, tekintamok, dangasa odamlar uchun 8 qoida:
1 — Yotadigan krovatingni o‘zingni sevganingdek sev.
2 — Kimdir dam olayotganini ko‘rsang, albatta, yordamga oshiq.
3 — Ish - mukaddas narsa, unga tega ko‘rma!
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo‘lsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sog‘lom bo‘ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog‘ayishsin.
6 — To‘satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o‘tib ketadi.
7 — Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!!!
8 — Agar ko‘p ishlash bilan millioner bo‘lish mumkin bo‘lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo‘lar edi.
Bayram arafasida er xotiniga tinmay tirjaya boshladi:
— Dadasi, nima gap, namuncha menga qarab tirjayasiz?
— E, xotin! Kecha televizorda "Agar xotiningizga bayramga sovg‘a sotib ololmasangiz, tabassum qiling", deyishdi.
Konsertda o‘tirgan bir kishi yonidagi odamdan so‘radi:
— Nega qo‘shiqchi qo‘shiq aytib u yoqdan-bu yoqqa chayqalaveradi?
— Qimirlab turgan nishonni urish qiyin bo‘ladi-da.