Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir qizalok oyisiga:
— Oyi, men kecha telefon topib oldim.
— Qani u?
— Tashlavordim.
— Nimaga?
— Uni qech qanaqa knopkalari yo‘q, buni ustiga orqasida yarmi tishlangan olma rasmi yopishtirib qo‘yilgan ekan.
Yigit tarixshunos, adabiyotshunos ekan. Uylansam, tarixni biladigan, adabiyotga qiziqadigan qizga uylanaman, - debdi.
Uchrashuvga chiqqanida yigit qizga:
— Beruniy kim? - debdi
Qiz indamabdi.
— Farobiy kim?
Qiz yana jim.
— Qodiriy kim?
Yana jim.
— Alisher Navoi kim?
Qiz:
— Bo‘ldi yetar, hech birini tanimayman. Anavi Alisher, o‘zicha gap chiqargan, hech ham u bilan yurmaganman, - dermish
To‘yda o‘tirgan bir yigit go‘zal bir qizni ko‘rib:
— Kechirasiz! Sizga ko‘zim tushdiyu qalbimda bir gap tug‘ildi. Boyadan beri sizga aytaman deymanu yuragim orqaga tortib turibdi.
Qiz:
— Behijolat etvuring.
Bola:
— Hoov o‘sha olmani uzatvoring.
Afandi tegirmonda bug‘doy torttirish uchun navbat kutib turar edi, turib-turib zerikdi. Boshqa qoplardan o‘zining qopiga hovuchlab bug‘doy sola berdi. Buni ko‘rib tegirmonchi so‘radi:
— Nima qilyapsiz, Afandi?
— Men tentakman!
— Tentak bo‘lsangiz, nega o‘z qopingizdan olib, birovlarnikiga solmaysiz - dedi tegirmonchi.
— Unda g‘irt jinni bo‘lar edim,— dedi Afandi.