Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Men seni juda sevardim. Sensiz hayotimni tasavvur ham qilolmasdim, afsus onam seni yoktirmaydi. Sen bilan birga qolishim onamga umuman yoqmaydi. Seni labingdan ilk bor bo‘sa olgan kunimdan buyon, seni sevaman, ammo onam bizni ayirmoqchi men ham onamning so‘zlariga kirishga majburman, - debdi 3 yoshlik bola so‘rgichga qara-a-ab
Erkak qo‘shni ayoldan so‘radi:
— Eringiz uydami?
— Ha, uyda. Nima edi?
— Undan o‘n ming so‘m qarz so‘ramoqchiydim.
— Qiziqsiz-a! Erimning o‘n ming so‘mi bo‘lsa, hayotda uyda o‘tirmasdi.
Avtobusga mast odam chiqdi. Konduktor yo‘lkirani so‘radi.
— Pulim yo‘q.
— Aroqqa topilibdi-ku!
— Do‘stim quyib berdi.
— Yo‘lga bermadimi?
— Berdi, mana! - mast shunday deb qo‘ynidan bitta aroq chiqarib ko‘rsatdi.
Yarim kecha. Sobirjon ayoliga:
— Xotin, uyg‘on senda gapim bor.
Xotin:
— Eeey uxlasangizchi...
Er:
— Tursangchi!
Xotin:
— Yo‘q, meni uyqum kelyapti.
Sobirjon hafa, oshxonaga o‘tib, muzlatgichdan vinoni olib ochayotgandi, probka otilib chiqib Sobirjonning peshonasiga tegdi va hushidan ketdi.
Shunda 5 yoshli o‘g‘ilchasi onasini oldiga kelib dedi:
— Oyi, bekorga lamatsa qildiz-de, dadam o‘zini otib qo‘ydi dermish.
Nemis, yahudiy va rus ayollari bola tug‘ibdi.
Tug‘uruqxonada chaqaloqlar almashib qolibdi. Otalar buning chorasini ko‘ra boshlashibdi.
Nemis:
— Hay Gitler! - desa, bir chaqaloq qaddini rostlabdi.
Shunda nemis:
— Bu meniki, - deb chiqib ketibdi.
Rus ota, bir bolani qo‘liga olibdi.
Shunda yahudiy:
— Nimaga endi bu go‘dak seniki bo‘lsin?
— Nemis: "Hay Gitler" deganda, mening bolam mushtlarini tugdi, seniki esa ishtoniga o‘tirib qo‘ydi.
Kunlardan bir kun mashhur italyan qo‘shiqchisi Enriko Karuzo ijodining ilk davrida kichik bir shahar sahnasida konsert berayotgandi. Shu payt tomoshabinlardan biri unga qarata karam boshini otib yuboradi. Qo‘shiqchi o‘zini yo‘qotmay shunday javob qiladi:
— Ayrim tomoshabinlar mening ijroimdan ta’sirlanib kallasini yo‘qotib qo‘yishdi.