Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Uch botirni otasi, bolalarini uylamoqchi bo‘lib:
— Boringlar, o‘zlaringa qayliq topinglar, - debdi
Uch o‘g‘lon yo‘lga chiqibdi va kattasi bir qizni ko‘rib:
— Sizlar ketaveringlar, men shu yerdan qaytaman, - dyebdi
Ikkinchi o‘g‘lon yo‘lga tushibdi. Ikkinchi o‘g‘il ham bir qizni ko‘rib, u ham:
— Sen ketaver men ham, shu bilan qaytaman, - debdi
Kichik botir yo‘lida davom etibdi, juda ko‘p qizlarni ko‘ribdi. Har qiz chiqqanda:
— Sendan zo‘ri chiqadi, - dermish.
Toqati toq bo‘lgan oti, bir qizni ko‘rib:
— Sen ketaver, men ham shu yerdan qaytaman, - deb gapirib yuboribdi.
131
Bir odam taksi to‘xtatib shoferga:
— Pax, Pax, Pax - debti.
Shofer:
— Obbo, kap-katta man tengi odam uyalmay yoshlikdagi o‘yinni o‘ynab yuribsizmi?!
Kliyentni ozgina xafa bo‘lganini ko‘rib:
— Bo‘pti mayli ko‘ngliz qomasin, A- A- A ana o‘ldim bo‘ldimi? Qayeqqa boramiz?
— Pax, Paaax, PPaxtakor Mmim-Metroga.
118
Bir bola dengiz bo‘yida yursa qirg‘oqqa oltin baliq chiqib qolibdi. Yigit shoshilib baliqni qo‘liga olib tilagini aytaman deb tursa baliq tilga kiribdi.
— Ha, tilak so‘ramoqchimisan - desa
Yigit:
— Ha desa,
Baliq:
— Befoyda man oltin baliqmasman, sariq kasal bo‘lib qoganman - debdi.
106
Temir yo‘l kesishmasida avariya sodir bo‘libdi. Poyezd Kaptivani turtib ketibdi.
GAI xodimi kelib Kaptiva egasiga avariya qanday sodir bo‘ldi, - desa
Kaptiva egasi:
— Poyezd qizilga to‘xtamadi!, - dermish.
138
Bir kampir magazinga kirib, sotuvchi qizdan so‘rabdi:
— Qizim, sizlarda muzlatilgan tovuq bormi?
Qiz muzlatgichga karasa, bitta tovuq bor ekan:
— Ha, bor. Sizga nechta kerak?
— Bittasini tortginchi?
— Mana, 1.5 kilo...
— Og‘irrog‘idan bormi?, - debdi kampir.
Qiz boyagi tovuqni bildirmay aylantiribdi-yu, yana tortibdi:
— Bunisi 2 kilo. Bo‘ladimi?
— Bo‘ladi qizim. Ikkalasiniyam o‘rab ber. Nevaralarimga bir tabaka qib beray!
141
Bir shofyor mashinasida har kuni kira qilarkan.Uyiga yarim kechasi kelib, erta tongda chiqib ketarkan. Tabiiyki bu xotiniga yoqmasdi.
Bir kuni xotini:
— Hoy adasi har kuni kelasiz, uhlaysiz saharda yana ketasiz. Sizga tekkanimdan beri rohat nimaligini bilmayman, men axir ayolmanku, menga bir og‘iz shirin gapiz ham yo‘q, - debdi.
Eri:
— Mayli xotin gazga suv quy, isiganda meni uyg‘otarsan, - debdi.
Xotini xursand bo‘lib:
— Ho‘p bo‘ladi arslonim, - debdi.
Suv isitib kelib:
— Turing polvonim, suv isidi kelaqoling o‘zimga, - desa
Eri esnab, ko‘zini ishqalab:
— Ha yaxshi, suvni mashina radiatoriga quyib quy.
127
Poshshoning hovliqma vaziri bor edi. Bir kuni u maqtana boshladi:
— Dunyoda men o‘qib o‘rganmagan ilm-hunar, men yecholmaydigan masala yo‘q!
Bu gaplardan achchig‘langan Afandi so‘radi:
— Shunday donishmand ekansiz, bir savol beray, javob bering?
— Marhamat.
Afandi cho‘zib hushtak chaldi-da:
— Shunga to‘rtta tugma qadab bering,—dedi.
187
Qiz yigitiga erkalanib, asta shivirlagan ovozda:
— Joon, agar mani yana bir marta o‘psangiz, man bir umr sizniki bo‘laman, - desa.
Yigit sekin o‘zini qizdan obqochib:
— Ogohlantirganing yaxshi bo‘ldi, - dermish.
113
— Oltin ochiq havoda qolsa nima bo‘ladi?
— Yo‘qoladi, albatta...
111
Bir o‘rtaxol oila restoranga ovqatlangani kirishibdi. Ovqatlanib bo‘lishgach xotini ofitsiantga:
— Mana bu oshib qolgan ovqatlarni itimga olib olsam maylimi, - desa
5 yoshli o‘g‘li:
— Uraaa, endi it boqarkanmiz, - dermish.
116