Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ayollarni makri yomonda!! Bir ayol eriga 15 marta telefon qildi. Er telefonni olmadi. 15 "propushennыy"dan so‘ng, xotin asta eriga sms yozdi:
— Dadasi Kaptivangizni avariya qivordim, dabdala bo‘ldi!
— Ana endi xotinni telefonida 150ta "propushennыy".
Ikki sevishgan suhbatidan:
— Azizam seni bir og‘iz so‘zing, meni dunyodagi eng baxtli insonga aylantirishi mumkin. Aytchi menga turmushga chiqasanmi?
Qiz hazillashib:
— Yo‘q, - debdi.
Shunda yigit:
— Ana! Men baxtliman, - dermish
Bolakay yig‘lab oshxonaga oyisini oldiga bordi.
Oyisi:
— O‘g‘lim nima bo‘ldi, nega yig‘layapsan?
— Dadam bolg‘a bilan qo‘lini urib oldi.
— Shunga ham yig‘laydimi, axir bunga yig‘lash emas, kulish kerak-ku.
— Men ham kulgan edim-da.
Ota va o‘g‘il o‘tirishibdi.
Bola:
— Dada alkash nima degani?
Ota:
— Alkash u anavi 2ta daraxtni ko‘rayapsanmi, o‘sha daraxtlarni 4ta ko‘radi, tushundingmi?
Bola:
— Dada u yerda bitta daraxt-ku, - dermish.
— Allo, bu MChSmi?
— Ha...
— Meni bu yerdan chiqishimga yordam beringlar?!
— Qayerdan?!
— INTERNETDAN... "Telegram-Odnoklassniki—Instagram"lardan chiqarvoringlar... Qutqaringlar...
Bir bemor Afandiga - hasrat qildi:
— O‘zimni ikkita doktorga ko‘rsatgan edim, ikkalasi ikki hil maslahat berdi, biri dengizga bor deydi, ikkinchisi piyoda yur deydi.
— Unda dengizga piyoda bora qoling,— dyedi Afandi.
Afandi hokimning mahkamasida o‘tirgan edi, bir o‘g‘rini tutib kelishdi. Hokim o‘g‘rini tanib baqirdi:
— Ablah, qanday benomus o‘g‘risan? Shu bilan mahkamamga sakkizinchi marta kelishing!
Buni eshitib Afandi kulib yubordi. Hokim Afandiga zahrini sochdi.
— Nega kulasiz? Afandi javob berdi:
— Mahkamangizga bu o‘g‘ri sakkiz marta kelgan bo‘lsa nima qipti, har kuni keladigan o‘g‘rilar ham bor-ku!