Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er xizmat safaridan qaytib kelib, kiyimlarini olish uchun shkafni ochsa, u yerda begona bir kishi o‘tirganmush.
— Nima qilyapsan bu yerda?!, - desa
— Pokemon qidiryapman, - dermish.
116
Yarim tunda bir ayolning telefoni jiringlabdi:
— Allo, kim bu?
Go‘shakdan mast erkakning ovozi kelibdi:
— Hozir men telefonda gapiryapmanmi?
Ayol asabiylashib:
— Yo‘q, televizorda gapiryapsan!
— Voy, jonli efirga kiyimsiz chiqdimmi?!
111
Bir kishi xiyobondagi o‘rindiqda hafa bo‘lib o‘tirsa, yonidan o‘tib ketayotgan odam so‘rabdi:
— Nega g‘amginsiz? Nima gap?
— Yonimga o‘tirgin, aytib beraman!
Haligi odam ham o‘rindiqqa o‘tirib, - nima bo‘ldi?, - desa,
— Biz o‘tirgan o‘rindiqni yaqinda bo‘yab ketishibdi, - dermish.
115
Bir ayol xudoga nola qilibdi:
— Ey xudo! Nimaga menga oliyjanob turmush o‘rtoq uchratmaysan?
Shu payt ayolga samodan tovush eshitilibdi:
— Senga orzuingdagi erkaklarni yubordim. Sen ular bilan do‘st ekaningni aytib, o‘zing qayoqdagi ahmoqlar bilan uchrashib yuribsan.
111
Xotin eriga:
— Kecha cho‘kayotganimda meni qutqarib qolgan odamni ko‘rdingizmi?, - desa,
— Ha, ko‘rdim. Kecha kelib mendan uzr so‘rab ketdi, - debdi eri.
127
70 yoshli qari boy 18 yoshli qizga uylanibdi. Qari boyning do‘sti so‘rabdi:
— Qanday qilib yosh qizni senga turmushga chiqishga ko‘ndirding?
— Buni yo‘li oson. Men uni aldadim.
— Nima deb aldading?
— Men unga yoshim 90 da deb aytdim.
93
Er-xotin janjali: Xotin:
— Siz meni hamma qarindoshlarimni yomon ko‘rasiz.
— Gaping noto‘g‘ri. Mana misol uchun, seni qaynonangni judayam yaxshi ko‘raman.
104
Uxlagani yotishdan avval cho‘ntagimda 550 ming pulim bor edi. Ertalab uyg‘onib qarasam, 150 ming qolibdi.
Bugun uxlamayman!
114
Ikkita dugona suhbatlashmoqda:
— Yangilik bor.
— Qanaqa yangilik? Turmushga chiqyapsanmi?
— Yo‘g‘-ye. Hali yoshman-ku.
— Unda nima yangilik? Gapir!
— Men homiladorman!
114
— Chapaqayliging senga halaqit bermaydimi?
— Yo‘q. Har bir odamning alohida jihatlari bo‘ladi. Mana masalan sen, qaysi qo‘lingda choyni aralashtirasan.
— O‘ng qo‘lim bilan.
— Ana ko‘rdingmi, esi joyida odamlar qoshiq bilan aralashtirishadi.
148