Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir qiz folbin yoniga borib:
— Nega meni baxtim ochilmayapti? Men ham baxtli bo‘lsam, yaxshi yigitga turmushga chiqsam deyman, - deb dardini aytibdi.
Folbin qizni qo‘lini ushlab debdi:
— Siz xafa bo‘lmang. Bir yaxshi yigitga turmushga chiqasiz va 5 nafar farzandingiz bo‘ladi.
Oradan yillar o‘tib, qiz folbinni yoniga kelibdi.
— Esingizdami, menga 5 ta farzanding bo‘ladi degandingiz...
— Hali ham farzandingiz bo‘lmadimi?, - so‘rabdi folbin.
— Yo‘q, 5 farzandga egaman, lekin ayting opajon, qachon erga tegaman, - dermish.
Antiqa paytda yashayapmizda. Statuslarni aytaman. Ularni o‘ylab o‘zi to‘qib yozadiganlar ham bor, tarjima qiladiganlar esa ko‘proq. Birov yozganini uxlatib o‘zini sayt, gruppa, kanaliga qo‘yadiganlar esa ulardan ham ko‘proq. O‘qib klass, layk bosib shaxsiy sahifasiga qo‘yadiganlar yanayam ko‘proq.
Biroq... O‘sha aqlli gaplarga, foydali nasihatlarga amal qiladiganlar juda oz. Netdagi hayotimiz quruq gapga aylanib bormoqda. Amerikaliklar tili bilan aytganda "Bla, bla, bla..."
— Do‘stim ortiqcha pulingni qanday valyutada saqlaysan?
— Oziq-ovqatda-da. Nimada bo‘lardi. Oylik oldim deguncha, bir oylik oziq-ovqat sotib olaman-da va tamom.
Kunlarning birida toshbaqa, tulki, bo‘ri uchalasi ov qilishib o‘ljani birgalikda yeyishga qaror qilib, toshbaqani nonga yuborishga kelishibdi.
Bir soat o‘tibdi, ikki soat o‘tibdi, kelmabdi. Tulki bilan bo‘rini qorinlari ochib jaxli chiqib shunday, debdi:
— Agar xozir toshbaqa kelsa kosasini ikkiga ayrib majag‘lab tashlayman, urib abjag‘ini chiqaraman, debdi.
Shunda eshik asta ochilib:
— Agar shunday qilsanglar nonga bormayman, debdi.