Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
O‘lim to‘shagida yotgan boy ikki o‘g‘liga me’rosini taqsimlab
— Katta o‘g‘liga o‘zining mayxonasini, aroqxo‘r kichik o‘g‘liga esa qolgan hamma boyligini qoldirishga qaror qilibdi.
Boyni holidan xabar olgani kelgan do‘sti uning qaroridan xabar topgach, do‘stiga maslahat berib:
— Do‘stim, boyligingni kichik o‘g‘lingga qoldirmoqchimisan? Axir u aroqxo‘r bo‘lsa, bir umr yig‘gan davlatingni olti oyda ichib tugatadi-ku?! – desa,
boy:
— To‘g‘ri. Ammo shaharda bittagina mayxona bor, u ham bo‘lsa katta o‘g‘limga tegishli bo‘ladi! – degan ekan.
Murabbiyidan jahon birinchiligida qatnashish xabarini olgan yosh gimnastikachi qiz vokzalga kelibdi. Poyezd kelgunicha hali 30 daqiqa vaqt borligidan unumli foydalanishga qaror qilgan qiz kutish maydonchasida mashqlarni takrorlay boshlabdi. Ko‘p o‘tmay, bir qari onaxon qizning oldiga asta kelib:
— Onang aylansin jon qizim, juda-yam qiynalib ketding. Yuraqol, xojatxona qayerdaligini ko‘rsataman..., – dermish.
Yoqtirgan qizim yonimda, men mashina haydab ketayotsam, u menga mehrli boqib:
— Meni chin dildan sevarkansiz... Mana hozir ham, men tomonga tez-tez o‘girilib, har daqiqa mendan xabar olib turibsiz...
Men indamadim. "Yo‘llarda avtomobillar ko‘p, yon tomondagi oynalardan orqadagi mashinalarga qarab haydayapman" demayman-ku unga...!
Serjant yangi kelgan askarlarga:
— Bugun eng yalqov askarga juda oson topshiriq bor.
Hamma askarlar "Men" deb qo‘l ko‘taribdi. Orasida faqat bitta askar jim turganmush.
— Sen nega indamayapsan?, - debdi serjant.
— Qo‘limni ko‘tarishga erindim, - dermish boyagi askar.
Bir kuni o‘rmonda toshbaqa bilan quyon ketayotishsa, toshbaqa:
— Hoy quyon, sal sekinroq yur! Qayoqqa shoshilyapsan?
Quyon:
— Umr g‘animat, o‘shanga, - debdi.
— O‘zinchi? Nega sekin yuryapsan.
Toshbaqa:
— Shoshib nima qildim? Kamida yuz yil yashayman, - dermish.
Bir yigit do‘stiga:
— Qarz berib tur, albatta qaytaraman!
— Bermayman, keyin qaytarib berolmaysan.
— Nima, menga ishonmayapsanmi?
— Senga ishonguncha, Ahmadboyga ishonganim yaxshi!!!
Sochi to‘kilib, kal bo‘layotganlarga retsept:
Boshingizga asal surib, uch kun kuting. So‘ng asalga qo‘ngan pashshalarni cho‘chitib, uchirib yuboring. Pashshalarning oyoqchalari esa boshingizda qoladi.