Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir bola otasiga maqtayapti:
— Ada, sinfdagi eng yalqov bola endi men emasman!
— Nega? Yaxshi o‘qiy boshladingmi?
— Yo‘q, bugun mendan ham yalqovroq bola keldi sinfimizga!
12
Uchta yigit bir kunda uylanibdi. Bir haftadan keyin yigitlar choyxonada yig‘ilishibdi.
Birinchi uylangani Malibu haydab kelibdi. Ikkinchisi yangi uy olganini aytibdi. Uchinchisidan:
— Senga qaynotang nima olib berdi? - deyishsa, yigit:
— Meni xotinim ovqat qilish, kir yuvish, dazmol qilish, xullas hamma ishlarni bilar ekan, - debdi.
10
Bir yigit o‘z xonadonida o‘tirgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi. Eshikni ochib qarasa, bir qiz turibdi. Yigit:
— Keling, xizmat? - desa, qiz:
— Kechirasiz, men ro‘paradagi uydanman. Siz har kuni durbinda meni kuzatib turgan xonadonda yashovchi qizman. Ayting-chi, kecha men telefonimni naushniklarini qayerga tashlab ketdim? - dermish.
10
Bir erkak do‘stiga:
— Xotinimga yana bir marotaba xiyonat qilsam, o‘zini o‘ldirishini aytdi.
Do‘sti:
— Endi xiyonat qilmayapsanmi?
— Endi bu hakda unga sezdirmayapman. Hozirgacha uni yetti marotaba o‘limdan saqlab qoldim.
13
Bir kuni boshliq qo‘l ostidagi ishchisining uyiga mehmonga kelibdi. Qafasdagi to‘ti boshliqqa qarab hadeb:
— Sen ablahsan, sen ablahsan, - deyaveribdi.
Jahli chiqqan boshliq ishchisiga qarab:
— Agar mana shu to‘tingni qovurib kelsang, senga istaganingcha pul beraman, - debdi.
Ishchisi to‘tini olib, oshxonaga chiqibdi. To‘tiga rahmi kelib, muzlatgichdan tovuq go‘shtini olibdi-yu, qovuribdi. To‘tini esa oshxonada stol ostiga yashirib qo‘yibdi.
Tovuq go‘shtini to‘tiniki deb o‘ylab, paqqos tushirgan boshliq endi eshikdan chiqib ketayotsa, ishchisi:
— Xo‘jayin, pullarni bermaysizmi? - desa, boshliq:
— Qanaqa pul? Nima deyapsan?! - deb o‘dag‘aylay boshlabdi. Shu payt oshxonadan:
— Aytmadimmi, sen ablahsan deb! - dermish to‘ti.
9
Bolakay televizor ko‘rib o‘tirgan adasini yoniga kelib:
— Ada nima ko‘ryapsiz?
— Yengil atletika bo‘yicha yugurish musobaqasini o‘g‘lim. Hozir hammasi yuguradi, bittasi g‘olib bo‘ladi. Ana shu bitta sportchiga sovrinni berishadi.
— Unday bo‘lsa qolganlari nega yugurishyapti ada???
9
Eng puxta reja:
"Bir gap bo‘lar! Borganda, joyida hal qilarmiz!"
10
Jinnixonada bemorlar televizordan yangiliklarni ko‘rib o‘tirishsa, bir bemor:
— Yaxshi-yam jinnixonada yotgan ekanman..., - desa, ikkita vrach unga qarab:
— Sog‘aya boshlaganga o‘xshaydi, - dermish.
11
O‘zbek tilini yaxshi bilmaydigan bir yigitning yuragi og‘rib qolib:
— Qalbim og‘riyapti, qalbim og‘riyapti, - deb yiqila boshlasa, do‘sti:
— Qanchalar go‘zal so‘zlar...! - deb qarab turaveribdi.
Nariroqda boshqa do‘sti tushunib qolib:
— Ey ahmoq, bor "Tez yordam" chaqir! - dermish.
11
— Do‘stim, uylanayotgan emishsan, tabriklayman! Kelin qalay? Yoqdimi?
— Bilasanmi, hammani fikri har xil... Onamga, xolamga, ammalarimga yoqdi, menga esa yo‘q!
10