Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Xotin eriga dedi:
— Azizim so‘z bering! Menga xiyonat qilgan bo‘lsangiz ham, hech qachon bu haqda menga aytmaysiz!
— Xo‘p xotinjon, aytmayman!
Xotin jig‘ibiyron bo‘lib:
— Xiyonat qildingizmi hali???
— Og‘ayni ko‘chaga chiqib qaragin, ikkita qiz seni deb janjallashishmoqda!
— Ko‘rdingmi?! Qanaqa zo‘r bolaman...! Meni deb qizlar bir-biri bilan urishib ketishadi...!
— Yo‘q, ular bir-biriga: Sen olib ket uni, o‘zing olib ket, menga-yam kerakmas! deyishyapti.
Bir qiz dugonasini ko‘chada uchratib qolibdi.
— Ha dugonajon, nima bo‘ldi, kayfiyating yo‘q?
— E, gapirma, juda-yam semirib ketyapman!
— Ozg‘in paytingda tushgan suratlaring bormi?
— Ha, nima edi?
— O‘sha suratlarni ehtiyot qilib saqlab qo‘y! Kayfiyatingni tushirma, hech bo‘lmasa suratlaring bor ekan-ku!
Juda xasis boylardan biri taksidan tushgach, cho‘ntagini kovlashga tushibdi.
Bir payt o‘ziga-o‘zi shivirlab:
— Hamyonim taksiga tushib qolibdi shekilli, - desa haydovchi shu zahoti mashinani haydab ketib qolibdi.
Shunda boy kulib:
— Do‘stim to‘g‘ri aytgan ekan... - dermish.
— Do‘stim, ayt-chi, kimga uylanganim yaxshi? 45 ga kirgan boy bevagami yoki meni sevadigan oddiygina kambag‘al yosh qizgami?
— Albatta yosh qizga-da! Axir oilaviy hayotda eng zaruri – bu muhabbat emasmi?! Aytgancha, u beva kim? Nimaga men uni bilmayman? Qayerda yashaydi?
Xo‘roz oshxona derazasidan mo‘ralab, mikroto‘lqinli pech ichida pishayotgan tovuqni ko‘rib debdi:
— Anavi yerda jo‘jalari qarovsiz qolgan. Bu bo‘lsa o‘yin-kulgu qilib, arg‘imchoq uchib yuribdi...
Harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘g‘liga ota-onasidan xat kelibdi:
"Aziz bolajonim! Mana, xizmating ham tugay deb qoldi. Uyga qaytishingga qanday sovg‘a tayyorlab qo‘yaylik? Mashina olib qo‘yaylikmi? yoki yangi uy olaylikmi? Balki kelin topib qo‘yarmiz...?"
Armiyadagi o‘g‘lidan javob xati kelibdi:
"Mehribon adajonim va onajonim! Menga mashina ham, uy ham, kelin ham kerakmas! Bitta qo‘chqor olib, unga Qo‘chqorov deb laqab qo‘yinglar. Harbiy xizmatdan uyga qaytgach, o‘sha praporshik Qo‘chqorovni so‘yib, go‘shtini yeyman!"