Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ishyoqmas, tekintamok, dangasa odamlar uchun 8 qoida:
1 — Yotadigan krovatingni o‘zingni sevganingdek sev.
2 — Kimdir dam olayotganini ko‘rsang, albatta, yordamga oshiq.
3 — Ish - mukaddas narsa, unga tega ko‘rma!
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo‘lsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sog‘lom bo‘ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog‘ayishsin.
6 — To‘satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o‘tib ketadi.
7 — Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!!!
8 — Agar ko‘p ishlash bilan millioner bo‘lish mumkin bo‘lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo‘lar edi.
118
— Yigit,— dedi Afandi qo‘lida ishlaydigan xodimlardan biriga,— ustingdan shikoyat tushdi, seni ko‘p xotinlikda ayblashibdi.
— Tuhmat, kim yozibdi? — ko‘zini olaytirdi xodim.
— Xotining.
— Qaysi biri? — deb yuborganini bilmay qoldi xodim.
105
— Oyi, men ko‘chani aylanib kelaman.
— Kim bilan? Qayerga borasan? Qachon kelasan?
— Dada, men ko‘chani aylanib kelaman.
— Yaxshi.
174
Qaynona kuyovini sinamoqchi bo‘lib yoniga chaqirib, bolam meni kunim yaqinlashib qoldi, men o‘lsam Moskvaga ko‘mish uchun joy zakaz qilib kela olasizmi, — desa
— Ha, onajon, — debdi va Moskvaga ketibdi.
Kelgach qaynona so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi o‘g‘lim? — desa
— Bo‘ldi ona, lekin bitta muammo bor.
— Qanaqa muammo?
— Ertaga soat 12:00 ga janoza — dermish...
112
Afandining qo‘shnisi to‘y qildi, to‘yga odamlarni xat orqali chaqirtirmoqchi bo‘lib, taklifnomalarni tarqatib berishni Afandidan iltimos qildi. Afandi qo‘shnisining iltimosini qaytara olmadi, shaharda takabburligi bilan tanilgan bir boynikiga ham qog‘oz olib bordi.
Boy Afandidan taklif qog‘ozi yuborilganiga g‘ashi kelib, so‘radi:
— Taklifnoma olib kelish uchun sendan ko‘ra durustroq odam topilmadimi?
— Durustroq odamlar ham bor edi-yu,— dedi Afandi,— ammo ular durustroq odamlarnikiga xat olib ketdilar.
124
Boshliq xonasiga xodim kirib:
— Ruxsat bersangiz, bugun uyga ertaroq ketmoqchi edim... - desa, boshliq:
— Qancha ertaroq? - deb so‘rabdi.
Xodim bo‘lsa:
— 480 minutga erta javob bersangiz... - degan ekan.
21
Bir bemor palatada yotsa, eshik taqillabdi.
— Kiravering! - debdi bemor.
Chiroyli bir hamshira qiz qo‘lida ukol bilan kirib kelibdi-da, qo‘lidagi ukolni bemorni yonboshiga qilib tursa, bemor:
— Singlim, baribir yonboshimga ukol qilar ekansiz, nega eshikni taqillatdingiz, - dermish.
18
Ayrim odamlar jamoat transportida yurishdan avval hammomga kirishni o‘ylashmaydi!
18
Qo‘llarni 20 soniya emas, 20 daqiqa yuvish kerak.
Hurmat bilan "Suvsoz" OAJ.
35
2 ta talaba uchrashib qolibdi:
— Kecha nega avtobusni orqasidan yugurib ketayotganding?
— Avtobusga pulni tejamoqchi bo‘ldim.
24