Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Qiz va yigit uchrashuvda:
— Sizni yaxshi odatlaringiz nimada? – so‘rabdi yigit.
— Men umuman ovqat tanlamayman, - debdi qiz.
— Xafa bo‘lmasangiz, yomon odatlaringizni ham bilsam... – debdi yana yigit.
— Ovqat qilishni umuman bilmayman, - degan ekan qiz.
Bir kuni o‘smir yigit bekatda sigaret chekib o‘tirsa, yonidagi qari otaxon unga qarab debdi:
— Chekma bolam! Bu sendan ko‘ra atrofingdagilarga ko‘proq zararli!
Shunda yigit sigaretni otaxonga uzatib:
— Unda siz cheking, - dermish.
Futbol maydoni. Tanaffus paytida e’lon berilibdi. Hurmatli tomoshabinlar kimni yonida, telefonida qaynotasini rasmi bo‘lsa maydonga chiqsin. Bu kishiga eng oxirgi markadagi mashina beriladi. Afsuski, mashinaga hech kim ega bo‘lmabdi.
Bemorni ko‘zdan kechirgan vrach uning xotinini bir chetga imlab chaqiribdi-da debdi:
— Negadir eringiz menga yoqmayapti...
Xotini unga:
— Menga ham yoqmaydi. Lekin nima qilay, juda ro‘zg‘orbop er-da!? – dermish.
Milliarder Roman Abramovich jangari va detektiv filmlarni tomosha qilishni yoqtirmaydi. Chunki u arzimagan 10 million dollar uchun bir-birini o‘ldirishga tayyor bo‘lgan odamlarni umuman tushunmaydi.
Shoh uyida katta bazm beribdi. Bazm avjiga chiqqanda shoh Afandini yoniga chaqirib debdi:
— Hozir hammani oldida menga qarab “Siz juda-yam aqlli podshohsiz” deysan.
Afandi:
— Axir siz juda-yam aqilli podshohsiz-ku, - degan ekan, podshoh bu fikridan qaytib, Afandini donoligiga tasanno aytibdi.
— Mashina yo‘lida chuqur bilan piyodalar o‘tish joyining farqi nimada?
— Farqi shundaki, chuqurga yaqinlashganda hamma haydovchi mashinani sekinlatadi...