Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikki sevishgan suhbatidan. Yigit:
— Seni shunchalik sevaman-ki, sen istagan narsangga aylanishim mumkin!
— Unday bo‘lsa, tez ishlaydigan internet bo‘la olasizmi?
— Tez ishlaydigan internet???
— Bilardim shunaqaligingizni...!
Ikki kampir poyezdda ketayotib gaplashib qolishibdi:
— Siz qayerga ketyapsiz, o‘rgilay?
— Namanganga. Siz-chi?
— Andijonga.
— Zamonimdan o‘rgilay! Bitta poyezdda ikkita joyga borsa-yam bo‘ladi-ya...
Yoʻl patrul xizmati xodimi taksi mashinasini toʻxtatib, haydovchiga:
— Siz litsenziyasiz yoʻlovchilarni tashiganingiz uchun jarima yozaman, - desa, haydovchi:
— Oʻrtoq komandir, bugun hali bitta ham mijoz olganim yoʻq! Bir tiyin pulim ham yoʻq!
— Shunaqa deng?! Mayli unda boring! Tezroq odam olib, pul topib keling!
Yangi rus ogʻaynisi chukchani kuchuklari qorda chanalarni tortishga qiynalayotganini koʻrib, unga kamaz sovgʻa qilibdi.
Bir oydan keyin kelib, xabar olibdi.
— Qalay, kamaz yaxshi ekanmi? Endi qiynalmayapsanmi? - desa, chukcha:
— Kamaz yaxshi. Ichlari issiq. Lekin juda ogʻir ekan, itlarim tortishga qiynalyapti, - degan ekan.
Xotin:
— Er-xotin shuncha yil birga yashab, faqatgina bir marotaba uydan ikkalamiz birga chiqdik...
Dugonasi:
— Birga? Kino yoki teatrga borgandami?
Xotin:
— Yo‘q! Uyimizdan yong‘in chiqqanda. Birga yugurib, qochib chiqdik...
Sharbat siqib chiqarish bo‘yicha musobaqa uyushtirilibdi.
Ishtirokchilar bir qo‘li bilan apelsindan kim ko‘proq sharbat olishga bellasha boshlabdilar.
Birinchi ishtirokchi 100 gr. sharbat, ikkinchi ishtirokchi 200 gr. sharbat, uchinchisi esa 500 gr. sharbat siqib olibdi.
G‘olib bo‘lgan ishtirokchiga savol berishibdi. “Kasbingiz nima?” deyishsa, u “Soliq idorasi xodimiman” deb javob beribdi.
Hozirgi zamon bemorlari 2 turga bo‘linadi:
Birinchisi, puli kam va tuzalmasdan, kasalxonadan tez chiqib ketadiganlar.
Ikkinchisi, puli ko‘p, lekin hecham kasalxonadan chiqa olmaydigan bemorlar!