Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Sharbat siqib chiqarish bo‘yicha musobaqa uyushtirilibdi.
Ishtirokchilar bir qo‘li bilan apelsindan kim ko‘proq sharbat olishga bellasha boshlabdilar.
Birinchi ishtirokchi 100 gr. sharbat, ikkinchi ishtirokchi 200 gr. sharbat, uchinchisi esa 500 gr. sharbat siqib olibdi.
G‘olib bo‘lgan ishtirokchiga savol berishibdi. “Kasbingiz nima?” deyishsa, u “Soliq idorasi xodimiman” deb javob beribdi.
Hozirgi zamon bemorlari 2 turga bo‘linadi:
Birinchisi, puli kam va tuzalmasdan, kasalxonadan tez chiqib ketadiganlar.
Ikkinchisi, puli ko‘p, lekin hecham kasalxonadan chiqa olmaydigan bemorlar!
Bir erkak hamkasbiga dermish:
— Xotinimni anginasi og‘rib qoldi. Bechoraga juda-yam rahmim kelyapti. Baqirgisi, men bilan janjal qilgisi kelyapti axir...
Yangi ishga kirayotgan yigit suhbatdan oʻtayotib korxona rahbarining “Uylanganmisan?”, degan savoliga shunday javob berdi:
— Yoʻq, men uylanmaganman. Ammo buyruqqa soʻzsiz boʻysunaman… Armiyada oʻrgatishgan.
Yarim tun, soat 2:00.
Telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlab, narigi tomondan "Nega shu mahalda uxlamayapsan?" degan savolni eshitib aqldan ozay dedim.
Menga qo‘ng‘iroq qilgan odam shu savolni o‘ziga ham berib ko‘rganmikin?!
Jarroh operatsiya tugagandan so‘ng bemorga dedi:
— Kechirasiz, ichingizda qaychi qolib ketibdi. Sizni boshqattan operatsiya qilmasak bo‘lmaydi.
— Mayli do‘xtir. Faqat operatsiyadan keyin qornimga tugma qadab qo‘ying! Yana biror narsa qolib ketsa, badanimni kesib o‘tirmaysiz.