Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Inxa universiteti olimlari yangi robot-odam yaratishibdi. U hatto o‘chirilgan holatda ham 3ta funksiyani bajarar ekan: kiyinish madaniyati bo‘yicha tekin maslahat berish, atrofdagilarni so‘kish va undan keyin kechirim so‘rash.
To‘ylarga yuradigan artistlarning har biri 200ga yaqin odamni ta’minlab nafi tegayotgan ekan.
O‘zbekistonda artistlar sonini ko‘pligini hisobga olsak, barchamizni artistlar boqayotgan bo‘lib chiqayapti ekan.
— Allo, men e’lon bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilyapman. Ishga olishingiz uchun nima talab etiladi?
— Oliy ma’lumotdan tashqari, o‘rta maktab o‘quvchisining bilimi va maktabgacha bo‘lgan bolaning tarbiyasiga ega bo‘lishingiz kerak.
Bir bola yo‘lda ketayotgan ekan, behosdan quduqqa tushib ketibdi. U yerda 1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar yozilgan tugmachalar bor ekan. 1 ni bossa bolani ust-boshi yechilibdi. 2 ni bossa bolani yuvintirib qo‘yishibdi. 3 ni bosgan ekan quritib qo‘yishibdi. 4 ni ham bosgan ekan, yangi kiyimlar kiydirib qo‘yishibdi. Oxiri 5 ni bosib quduqdan sakrab chiqib qolibdi.
Yo‘lda davom etib ketayotgan bola do‘stini uchratib qolibdi. Bo‘lgan voqeani aytib bersa, do‘sti sal shoshqaloq ekan. Gaplarni oxirigacha eshitmay quduqqa yugurib kelib sakrabdi. 1-tugmani bossa uni ham kiyim-boshi yechilibdi. Keyin u darrov 5 ni bosibdi. Shunda tepaga uchib chiqib ketganini bilmay qolibdi.
Tirband avtobusda bir erkakning baland ovozi eshitilibdi:
— Akvariumim bor. O‘tkazib yuborsangiz-chi!
Buni eshitgan bolakay qiziqib so‘rabdi:
— Amaki, akvarium qani?
Erkak o‘zidan oldin kirib kelayotgan katta, dum dumaloq qornini silab:
— Mana akvarium. Ichida 1 litr pivo bilan 2 ta selyodka bor, - dermish.
Ko‘chada ikkita yigit bir-biri bilan tanishmoqda:
— Sen qayerdansan?
— Eski shahardan.
— Ko‘pchilik eski shahardan... Aniqroq-chi, qaysinisidansan?
— Samarqanddanman.
Taksi bilan Buxoroga ketayotgan otaxon haydovchiga:
— Bolam, Sirdaryodan chiqishimiz bilan meni uyg‘otib qo‘ygin, - debdi-yu, uyquga ketibdi. Haydovchi Buxoroga yetay deb qolganda cholning gapi esiga tushib, “Otaxon o‘sha yerda o‘yg‘otgin degandi” deb orqaga qaytib boribdi.
Sirdaryoga yetib kelib otaxonni uyg‘otsa, otaxon mashinadan tushib, harsangtoshni yonida rasmga tushibdi-yu, haydovchiga qarab:
— Bo‘ldi! Endi Buxoroga hayda, - degan ekan.
Ikki do‘st suhbatlashmoqda:
— 31 dekabr kuni kechqurun nima qilmoqchisan?
— Bilmadim. Lekin 1 yanvar kuni tongda nima qilishimni aniq bilaman!
— Nima qilasan?
— Ovqat hazm qiladigan, bosh og‘rig‘ini qoldiradigan va ko‘ngil aynashni ketkazadigan dori xarid qilish uchun dorixonaga boraman.