Ikki dugona kecha bo‘lib o‘tgan maishat haqida suhbatlashmoqda:
— Kecha narigi bo‘limda ishlaydigan bir surbet yigit butun oqshom ortimdan yurdi-ya...!
Dugonasi:
— Haqiqatan ham surbet ekan. Menga umuman qiyo ham boqmadi-ya...!
Bolakay dadasidan so‘radi:
— Dada menga pul bering!
— Pulni nima qilasan?
— Yangi oyi olaman.
— Oying bor-ku...?!
— O‘zimni oyim pul bermadilar. "Dadang uyga erta keladigan bo‘lib qoladi. Erta kelsa ikkinchi dadang ketishga ulgirmaydi" dedilar.
Biror insonga 100 ming sovg‘a qilsang, sendan minnatdor bo‘ladi.
Lekin unga lotoreyada 1 million yutib olganingni aytgan zahoting, qovog‘i osilib qoladi...!
Praporshik kechki yo‘qlama o‘tkazmoqda.
— Ivanov?!
— Men!
— Petrov?!
— Men!
— Sidorov?!
— Men!
— Uch ming o‘ttiz?!
— ...
— Uch ming o‘ttiz?!
— E, necha marotaba aytish kerak, Zozo mening familiyam, Zozo!
Sudya:
— Siz butunlay boshqa odamga aylanishingiz kerak! Urinib ko‘ring!
— Yo‘q o‘rtoq sudya, mumkin emas.
— Nega axir?
— Yaqinda hujjatlarimni qalbakilashtirganim uchun o‘tirib chiqdim...
— Menga qara, og‘ayni, mendan yuz ming so‘m qarzing borligi esingdami?
— Esimda. Mana, qara yon daftarimga katta-katta harflar bilan yozib qo‘yibman.
— Ko‘rdim.
— Agar shunaqa eslataverib jig‘imga tegaversang, umuman o‘chirib tashlayman.