Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Inxa universiteti olimlari yangi robot-odam yaratishibdi. U hatto o‘chirilgan holatda ham 3ta funksiyani bajarar ekan: kiyinish madaniyati bo‘yicha tekin maslahat berish, atrofdagilarni so‘kish va undan keyin kechirim so‘rash.
Yozda ta’tilga chiqdim. Ta’til pulimni olishim bilan ko‘z o‘ngimga Turkiya keldi.
“Kelaqol! Dengizda mazza qilib dam olib ketasan!” – deb chaqirdi u meni.
Keyin Parij qichqirdi:
“Salom! Eyfel minorasiga chiqishni, sayyohat qilishni yoqtirmaysanmi!?”
Oxiri ko‘z oldimga Qo‘yliq bozorida, tonggi ulgurji bozor keldi:
“Mana, kelaqoling! Qishga murabbo, kompot yopib olasiz. O‘rik, olma, olcha, olxo‘rilar bor...!”
Ikki dugona kitoblar haqida suhbatlashib o‘tirishibdi:
— Sen qanday mavzudagi kitoblarni o‘qishni yoqtirasan?
— Har xil mavzudagilarini. Ammo, qahramonlari ko‘p bo‘lgan kitoblarni o‘qishni yoqtirmayman!
— Nega?
— Qahramonlar ko‘p bo‘lsa, chalg‘ib ketaman.
— Unday bo‘lsa dugonajon, sen faqat “Robinzon Kruzo”ni o‘qishing kerak ekan!
Ikki mast odam taksi to‘xtatib:
— Chilonzorga! – deb mashinaga o‘tiribdi.
Haydovchi “Bir bularni ta’zirini beray!” deb 2-3 martta gazni bosibdi-da:
— Yetib keldik! – debdi.
Mast kishilar mashinadan tushib:
— Sekinroq haydasang bo‘lmaydimi!? Biz senga kartoshka emasmiz! – deyishibdi.
Bir kishi yangi zaporoj mashinasini sotib olibdi. Benzini tugab, mashina o‘t olmay qo‘ibdi. Shunda haligi kishi zaporojni old kapotini ochsa, motor yo‘q emish. U motorni kimdir o‘g‘irlab ketgan deb o‘ylabdi-da, orqa kapotni ochib qarasa motor bor emish. “Hayriyat zahira motori bor ekan. Hozir olib joyiga o‘rnataman” deb motorni yecha boshlabdi...