Xotin eriga: — Bo‘ldi, men ketyapman. Er: — O‘zi anchadan beri qovoq-tumshuq qilib yurganingni sezgandim. Qayoqqa ketasan? Onangni uyiga borasanmi yana? Xotin: — Adasi, nimalar deyapsiz? Do‘konga ketyapman... Er: — Ha, shunaqami!? Qaytishingda menga ham biror narsa olib kelarsan...!
Erimni do‘konga yuborsam, do‘konlar bo‘m-bo‘sh emish. Hech narsa qolmabdi. Hatto, tualet qog‘ozi vazifasini vaqtincha gazetalar bajaradiganga o‘xshaydi.
Yaxshi er tongda uyqudan bitta hayol bilan uyg‘onishi kerak: "Xotinimni kiyishga ko‘ylagi yo‘q, meni uxlab yotishimni qara! Tezroq va ko‘proq pul topib, uni xursand qilishim kerak. Odamlar aytmasin xotini yana o‘sha avval kiygan ko‘ylagini kiyibdi deb. Sharmanda bo‘lamiz-a, sharmanda!"