Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Podsho bir kuni Afandi bilan zindonda yotganlarni tekshirishga bordi. Ikkalasi ularning gunohini surishtira boshlashdi. Qamoqda yotganlarning hammasi gunohsiz ekanliklarini, bu yerda nohaq yotganliklarini aytib, arz QILDI. Yolg‘iz birgina kishi o‘zining gunohkor ekanligiga iqror bo‘ldi. Afandi podshoga qarab dedi:
— Podshohi olam, bu gunohkorni darhol zindondan chiqazib yuboring. Bo‘lmasa boshqa gunohsizlarni buzib yuboradi, dermish.
Er uyga go‘sht olib kelsa xotini debdi: — Rosa yaxshi go‘sht ekan. Uyni mantisidan qilib beraymi, bozornikiday manti bo‘lsinmi? Er: — Nima farqi bor? Xotin: — Bozorni mantisi bo‘lsa, olib kelgan go‘shtingizni butunligicha sovutgichga solib qo‘yay, uyni mantisidan bo‘lsa bugun go‘sht tugaydi-da adasi.
Uchrashuvdan qaytgan qiz dugonasiga gapirib beryapti: — Voy dugonajon, 40 yillik mashinani haydab kelsa bo‘ladimi. — O‘zi nechi yoshda ekan? — O‘sha mashinasini salondan 18 yoshida sotib olgan ekan.
Taksi haydovchisi yo‘lovchini olib ketayotsa, yo‘lovchi: — Hov anavi kelayotgan ko‘chani boshida to‘xtatib yuboring, - debdi. Haydovchi bo‘lsa: — Bugun ko‘zoynagim uyda qolib ketibdi. Tushadigan joyingizda yetib kelganimizda aytarsiz, darrov to‘xtataman mashinani, - dermish.
Bir yigit muzqaymoq yeb o‘tirsa, chiroyli qiz o‘tib qolibdi: — Yaxshi qiz, chiroyli ekansiz! Tanishsak bo‘ladimi? - desa, qiz: — Men qo‘lingizdagi muzqaymoq emasman, yaxshi gaplarga erib ketadigan, - deb o‘tib ketibdi.