Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Shahar hokimi oldiga bir ayol kvartira so‘rab ariza ko‘tarib kirdi. Hokim qovog‘ini solib javob berdi:
— Kvartira yo‘q.
Ayol ranjib o‘ziga o‘zi dedi. Birga uxlashga kelganda birga uxlaysizlar, kvartiraga kelganda yo‘q...
Buni eshitgan hokim duv qizarib, arizaga imzo qo‘yib. Sekin so‘radi:
— Nimagadir eslolmayapman qachon birga uxlaganmiz?
Ayol javob berdi.
— Majlisda siz birinchi qatorda, men sakkizinchi qatorda.
Uchta yigit parkda borardi. Oldinda esa bir chiroyli qiz mini yubkada ketayotgan edi. Orqadagi yigitlardan biri:
— Agar shu qiz bir kecha men bilan bo‘lsa, 50 000 berardim, - desa
Ikkinchi yigit:
— Nima deyapsan? Men 100 000 berardim, - debdi.
Shunda uchinchi yigit:
— Yo‘q, bunaqa chiroyli qizni kiyintirish, restoranga olib borish kerak, mashina olib berish kerak, - desa
Qiz orqasiga burilib:
— Uchinchi bo‘lib gapirganlaringiz qaysi biringiz?, - dermish.
Afandining birov bir narsa so‘rasa, o‘sha zahoti bermay, ertasiga beradigan g‘alati odati bor edi. Bir kun qo‘shnisi:
— Bir oshlik tuz berib turing,— dedi.
— Tuz yo‘q edi-ku,— deb qaytardi-da, ertasiga o‘zi olib chiqib berdi.
— Iye, bor ekan-ku, nega kecha bera qolmay, bugun o‘zingiz olib chiqdingiz?
— Beradigan narsamning qadri bilinsin, dedim-da.
— Aytishlaricha, hamshirani oxirgi marta siz bilan birga ko‘rishgan ekan?
— Qayerda?... Axir bu tuhmat! Sakson yoshli, buning ustiga, skleroz kasalidan aziyat chekayotgan keksa professorni haqorat qilish yaxshimas!...
— Mehmonxonada deganim yo‘q, hayvonot bog‘ida. Ya’ni siz filni operatsiya qilgan kuni...
— Esim qursin! Aytdim-a, filning qornini tikayotganimda ichkarida nimadir qolib ketdi, deb...
Talabalar qorni och yotoqxonada yotib, ochlikdan qanday qutilishni o‘ylashayabdi. Birinchi talaba ikkinchisiga:
— Shu yotoqxonamizda qo‘y boqsak qanday bo‘lar ekan-a? O‘zimizni go‘sht yog‘imiz tekin bo‘larmidi?
— O‘ylab gapir o‘rtoq, sassiq hid masalasini o‘ylamadingmi?
— Havotir olma o‘rtoq bu hidga qo‘y ko‘nikib ketadi.
Podsho bir kuni Afandi bilan zindonda yotganlarni tekshirishga bordi. Ikkalasi ularning gunohini surishtira boshlashdi. Qamoqda yotganlarning hammasi gunohsiz ekanliklarini, bu yerda nohaq yotganliklarini aytib, arz QILDI. Yolg‘iz birgina kishi o‘zining gunohkor ekanligiga iqror bo‘ldi. Afandi podshoga qarab dedi:
— Podshohi olam, bu gunohkorni darhol zindondan chiqazib yuboring. Bo‘lmasa boshqa gunohsizlarni buzib yuboradi, dermish.