Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Afandi ko‘chadan kelayotgan edi, ikki bolani uchratdi. Ulardan biri yig‘lab Afandiga arz qildi:
— Anavi bola qulog‘imni tishlab oldi.
— Yo‘q, men tishlaganim yo‘q,— dedi ikkinchi bola,— o‘z qulog‘ini o‘zi tishlab oldi.
— Bekor aytibsan,— dedi Afandi ikkinchi bolaga — bu tuyamidi o‘z qulog‘ini o‘zi tishlaydi.
Afandi xonga g‘oz pishirib borar edi, yo‘lda korni ochib, bir oyog‘ini yeb qo‘ydi. Xon uni olib so‘radi:
— Bir oyog‘i qani?
— Bu yilgi g‘ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo‘yida bir oyog‘ini ko‘tarib dam olib turgan g‘ozlarni ko‘rsatdi. Xon tayoqni ko‘tarib po‘pisa qilgan edi, g‘ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to‘rt oyoqlab qochar edingiz.
Bir kuni sherni o‘rmonda sud qilib 3 yilga qamashibdi sherni sochini olib qamoqxonaga qo‘yib yuborishsa, uni xech kim sherligiga ishonmay mushuk deb kalaka qilaverishibdi bundan zerikib bir chekkada tursa, kalamush turgan ekan, unga:
— Kalamush iltimos ularga tushuntir men mushuk emas sherman,- desa
Kalamush:
— Menga baribir mushukmisan shermisan, men ham qamoqxonaga tushishimdan oldim tipratikan edim,- debdi
Bir mast avtobusga chiqib o‘tirdi. Birozdan so‘ng yonidagi ayolning yelkasiga qiyshayib boshini qo‘yib oldi. Ayolning jahli chiqib kesatdi:
— Balki, ustimga ham chiqib olarsiz?!
— U-ho‘, - dedi mast g‘o‘ldirab, - ko‘ngillari yana nimani tusaydi?