Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Afandi ikki og‘aynisi bilan ovga chiqibdi. Buni qarangki ularning yoniga bir sehrgar kelib:
— Tila tilagingni, agar bajo aylasam, seni joningni olaman, bajo aylay olmasam senga bitmas tugalmas xazina beraman, - debdi.
Shunda Afandining birinchi og‘aynisi:
— Suvdagi baliqni olib ber, - debdi.
Sehrgar buni amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat Afandining ikkinchi og‘aynisiga yetib kelibdi.
Ikkinchi og‘aynisi:
— Uchib ketayotgan qushni so‘rabdi.
Sehrgar bu tilakni ham amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat endi Afandiga kelganida, afandi nima deyishni bilmay, havoni buzibdi va shunday debdi:
— Shu havoni menga tutib ber, - debdi.
Sehrgar bu tilakni bajo aylay olmabdi va xazinani Afandiga topshiribdi.
Sudya sudlanuvchidan so‘radi:
— Gunohsiz ekanligingizni isbotlay olasizmi?
— Albatta, faqat menga muhlat bering, - dedi aybdor.
— Xo‘p, sizga besh yil beraman.
Afandi ko‘chadan kelayotgan edi, ikki bolani uchratdi. Ulardan biri yig‘lab Afandiga arz qildi:
— Anavi bola qulog‘imni tishlab oldi.
— Yo‘q, men tishlaganim yo‘q,— dedi ikkinchi bola,— o‘z qulog‘ini o‘zi tishlab oldi.
— Bekor aytibsan,— dedi Afandi ikkinchi bolaga — bu tuyamidi o‘z qulog‘ini o‘zi tishlaydi.
Harbiy komissariyatda tibbiy ko‘rik. Ikki egizakdan biri tekshiruvdan chiqibdi.
— Nima bo‘ldi? so‘rabdi Husan.
— Armiyaga yaroqsiz ekanman, olishmadi, - debdi Hasan.
— Unda mening o‘rnimga ham kirib chiq, armiyaga borgim kelmayapti. Hasan xo‘p deya, yana ko‘rikdan o‘tish uchun kirib ketibdi. Birozdan so‘ng chiqib dermish:
— Husan, seni armiyaga olishdi!
Afandi xonga g‘oz pishirib borar edi, yo‘lda korni ochib, bir oyog‘ini yeb qo‘ydi. Xon uni olib so‘radi:
— Bir oyog‘i qani?
— Bu yilgi g‘ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo‘yida bir oyog‘ini ko‘tarib dam olib turgan g‘ozlarni ko‘rsatdi. Xon tayoqni ko‘tarib po‘pisa qilgan edi, g‘ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to‘rt oyoqlab qochar edingiz.