Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Arzimagan kichik sabablarga ham quvonib yurish kerak!
Faqat kichkina uy va maosh uchun emas...!
7
— Sizlarga mazza, mijozlardan choy-chaqa pulini olib turasizlar...
— Sizlarda-chi?
— Bizlarda buning uchun qamashlari mumkin.
— Qayerda ishlaysiz?
— GAIda...
8
Eri xotiniga quticha beribdi. Quti ustida esa quyidagi so‘zlar yozilgan ekan:
“Men senga kerakligimning 50 ta sababi shu yerda!”
Quti ichidan elektr go‘sht maydalagichning 50 ta qismlari chiqibdi. Xotini ikki soat harakat qilsa ham, uni yig‘a olmabdi.
Shunda quti ustidagi so‘zlarning asl ma’nosini tushunib yetibdi.
11
Ona o‘g‘lini kundaligini tekshira turib, mantiq fanidan “2” baho olganini ko‘rib debdi:
— Yana “2” olibsan. Bu safar kimni ayblamoqchisan?
Bola:
— Bilmadim oyijon, mantiq borasida naslimizni ayblasammikin yoki siznimi?
10
Bir yigit shifokor oldiga kelibdi. Shifokor:
— Xo‘sh, shikoyatingiz?
— Hech nima...
— Biror joyingiz og‘riyaptimi?
— Yo‘q!
— Unda nima maqsadda keldingiz?
— Shunchaki o‘zim...
— Tushunishimcha sog‘lig‘ingiz to‘g‘risida bilmoqchisiz?
— Yo‘g‘e-e-e! Ertalab televizorni qo‘ysam, profilaktika deb yozilgan ekan, shunga aylanib kelgandim...
9
Bir odam shifokorga borib:
— Sizda umrni 100 yoshgacha uzaytiradigan dori yo‘qmi?
— Ha.
— Aroq ichasizmi?
— Yo‘q.
— Sigaret chekasizmi?
— Yo‘q.
— Unda dori ichib nima qilasiz?!
8
Bir ayolni to‘rtta bolalari bor ekan. Bolalarini to‘palonidan boshi og‘rib ketgan ayol:
— Bas qilinglar bolalar! Bozor bo‘lib ketdi, - desa, bolalari:
— Bozor bo‘lsa, bizga xo‘rozqand olib bering! - dermish.
12
Hayvonlar pivoga uzundan-uzun navbatda turishibdi. Hammadan oldin quyon o‘tib, pivo olmoqchi bo‘lgan ekan, bo‘rini jahli chiqib, quyonni to‘xtatibdi:
— Qayoqqa, hoy quyon?! Navbatni ko‘rmayapsanmi?
Quyon:
— Yur, bir chetga o‘taylik, gapim bor!
Bir daqiqadan keyin yana quyon navbatsiz pivoga o‘ta boshlabdi. Ayiq quyonni qulog‘dan ko‘tarib:
— Hoy shalpangquloq, qayoqqa?! - debdi.
— Bir daqiqaga bu yoqqa qaragin, - deb, ayiqni ham bir chetga olib ketibdi.
Qaytib kelib, doimgidek navbatsiz pivoga qo‘l uzatgan ekan, arslon o‘kiribdi:
— Jonga tegding-ku! Navbatga tur!
Quyon arslonni ham yetaklab, o‘rmon ortiga olib o‘tsa, u yerda odamxo‘r dev turgan emish.
— Yana go‘sht olib keldingmi?! Qachon pivo olib kelasan??? - dermish dev arslonni ko‘rib.
11
— Shu xonada uxlasam, nuqul tushimga qo‘rqinchli odamlar kiraveradi.
— Ishxonada uxlashga balo bormi?...
10
Internetda yosh qiz:
— Abror aka, men sizga turmushga chiqishga roziman. Biz dunyodagi eng baxtli oila bo‘lamiz!
Yigit:
— Nimalar deb valdirayapsiz?! Axir men bor-yo‘g‘i sizni rasmingizga "Klass" bosdim-ku!?
11