Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Toshkent havo judayam sovuq. Ikki erkak turgan ekan, biri juda bahaybat it bilan, ikkinchisidan so‘rabdi:
— Isinib olishni xohlaysanmi?
— Xohlayman
— Fas!!
Bir odam yo‘lakda tamaki chekib tursa, qo‘shnisini uyidan dodlagan ovoz eshitilibdi.
Zur o‘tmay, qo‘lida singan 3D ko‘zoynagi bilan tashqariga yugurib chiqibdi.
Boyagi odam:
— Ha qo‘shni, tinchlikmi? - desa, qo‘shnisi:
— 3D televizor sotib olgandim. Bir payt qarasam, dahshatli dinozavr ustimga bostirib kelyapti..., - dermish.
Bir yigit do‘stiga maqtanibdi:
— Do‘stim bilasanmi, kecha shunaqa “ketvorgan” negr qiz bilan tanishdim... Qaddi-qomati kelishgan, sochlari jingalak, o‘zi shirinso‘z, ...
— Xo‘sh keyin nima bo‘ldi?
— Keyin biz tungi klubga bordik. Klub ichkarisi juda-yam qorong‘i ekan jin ursin!
— Nima bo‘ldi?
— Qorong‘ida uni yo‘qotib qo‘ydim.
Afandini o‘g‘li maktabga boribdi. O‘qituvchisi unga savol beribdi:
— Birov senga olma bersa nima unga deysan?
— Olma yuvilganmi deyman, ustoz, - javob beribdi bola.
Ixtirochi do‘stiga dedi:
— Men huddi odamga o‘xshab ketadigan kompyuter yaratdim.
— Ho‘sh, nimasi odamga o‘xsharkan?
— O‘zi xato qilib qo‘yib, boshqa kompyuterga to‘nkab turaveradi.