Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Afandi uch-to‘rtta o‘rtog‘ini uyiga boshlab keldi. Xotiniga kirib: «Bir quling o‘rgilsin palov qilgin» dedi.
— Voy, qiziqmisiz? Axir uyimizda na guruch bor, na go‘sht, na yog‘ bor. Nima bor, nima yo‘qligini surushtirmay-netmay, mehmon boshlab kelaverasizmi?!
— Xo‘p-xo‘p xotin, sal o‘pkangni bosib ol. Hech bo‘lmasa, dasturxonga bo‘sh laganni olib chiqib qo‘ygin, o‘zim gapning kiftini keltiraman.
Xotini ham eri aytganday qilib, bo‘sh laganni dasturxonga olib chiqib qo‘ydi.
— Og‘aynilar,— dedi Afandi,— Agar uyimizda guruch, yog‘, go‘sht bo‘lganida edi, hozir shu bo‘sh laganda bug‘i chiqib turgan palov bo‘lardi...
153
Men uyquni sevaman, u ham meni sevadi.
Lekin bizni munosabatimizga ota-onam qarshi!
126
Katta kompaniya direktori o‘z o‘rinbosariga gap uqtirmoqda:
— Sizni tabriklashim mumkin. Bundan olti oy ilgari oddiy xodim sifatida ish boshlagandingiz. Bir oy o‘tib bo‘lim boshlig‘i bo‘ldingiz.
— To‘g‘ri.
— Ikki oy o‘tib, ombor boshlig‘i bo‘ldingiz.
— Bunisiyam to‘g‘ri.
— Hozir esa, ko‘z tegmasin, bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlayapsiz. Buning uchun nima deyish kerak?
— Rahmat, dada!
108
Suzishni bilmaydigan baliq, uchish, yurish va yozishni o‘rganibdi..
112
Poshsho Afandidan g‘azablanib, «Ikkinchi yuzingni ko‘rmayin!» dedi-da, uni saroydan haydab chiqardi.
Kunlarning birida u ko‘chaga chiqqan edi, odamlarning ko‘cha supurib, suv sepib, yo‘lning ikki tomoniga tizilishib turganlarini ko‘rdi.
— Nima gap? — ajablanib so‘radi u.
— Poshsho o‘tadi,— kimdir javob berdi.
Afandi odamlar qatorida turgan edi, poshsho kelib qoldi. U darhol poshshoga orqasini qilib turdi. Poshsho g‘azablanib qichqirdi:
— Qanday odamsan, nimaga teskari turibsan!
— Ikkinchi betingni ko‘rmayin degan edingiz, shohim betimni ko‘rmasa, ketimni ko‘rsin deb turibman,— javob berdi Afandi.
194
Xotini Telegram orqali eriga:
— Men sizdan hafa bo‘ldim, plastikiz bilan aylangani ketdim. Sizni deyarli kechirdim.
127
— Kecha xotinim bilan ajrashib ketishimga sal qoldi.
— Nimaga sal?
— Janjal paytida "bo‘ldi uyga ketaman" dedi, lekin ketishidan oldingi pardozini shunchalik uzoq qildiki, qayerga otlanganini unutib ham qo‘ydi.
126
Xotini eriga:
— Azizim, magazinga borib keling!
— Sevgilim, hozir ko‘cha shunchalik sovuqki, hatto itni ko‘chaga haydasang chiqmaydi.
— Vooy-bo‘o‘, unday bo‘lsa, itsiz boraqoling!
117
— Azizam, men bugun tush ko‘rdim. Tushimda hali bo‘ydoq emishman-u, sening qo‘lingni so‘rayotganmishman.
— Xo‘sh, shunga xursand bo‘lib uyg‘ondingizmi?
— Yo‘q... Sen rozi bo‘lmabsan.
113
Ikkita alkash suhbatidan:
— Bilasanmi oshna, hozirgi odamlar juda farosatsiz bo‘lib ketishgan
— Nega unday deyapsan?
— Kecha hushyorlik bilan pivoxonadan chiqayotsam, kimdir qulog‘imni bosib oldi.
106