Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Magazinda. Sotuvchi xaridor yigitga:
— Qaytimizga "Mikki Maus"ni rasmi bor saqich beraveraymi?" - desa
Xaridor:
— Nima, men sizga yosh bolamanmi, "Mersedes"ni rasmi bor saqich bering" - dermish
Katta yo‘l bo‘yidagi post GAI oldiga, bir kampir, qoziq qoqib, sigirini bog‘layapti. GAI xodimi kampirga:
— Enajon, nega asfaltga sigiringzni bog‘layapsiz, o‘tloqda boqsangiz bo‘lmaydimi?, - desa
Kampir:
— O‘tlokda boqdim. Yem berib boqdim semirmadi. Sen shu post GAIda bir yildan beri ishlaysan-a?
— Ha, bir yil bo‘ldi ishga joylashganimga. Meni kuzatib yuribsizmi enajon?, - desa
Kampir:
— Bir yil oldin ko‘rganimda ozg‘in eding, mana buqaday semirib ketibsan. Ajab emas, sigirim ham semirsa, - dermish
Bir o‘tinchi dengiz bo‘yida o‘tin kesayotgan ekan, qo‘lidagi boltasi suvga tushib ketibdi. Shunda suvdan Suvparisi chiqib:
— Nega xomushsan, - desa,
O‘tinchi unga qarab:
— Boltam suvga tushib ketdi, - debdi.
Suvparisi suvga sho‘ng‘ib oltin bolta olib chiqsa, o‘tinchi:
— Bu mani boltam emas debdi.
Keyin kumush bolta olib chiqibdi.
— Bu ham mani boltam emas.
Suvparisi o‘tinchiga o‘zini boltasini olib chiqib berib:
— Halol yigit ekansan deb 3 ta boltani berib yuvoribdi. O‘tinchi xotiniga bo‘lgan voqeani aytib beribti. Keyin er-xotin o‘sha suvni yoniga borishibdi. Xotini o‘zini suvga otibdi, keyin yana Suvparisi chiqib:
— Nega xomushsan desa,
— Xotinim suvga tushib ketdi debdi.
Keyin Suvparisi Monnalizani olib chiqibti. O‘tinchi o‘ylanib turib:
— Mana shu mani xotinim, - debdi.
Suvparisi o‘tinchiga qarab:
— Nega yolg‘on gapiryapsan desa, o‘tinchi;
— Hozir bu mani xotinim emas desam, Selena Gomezni olib chiqasan. Bu ham xotinim emas desam, o‘zimni xotinimni olib chiqasan. Shu mani xotinim desam, halol ekansan deb uchalasini berasan. Keyin man 3 ta xotinni qanday boqaman, - dermish....!
Dasturchi uyiga kelsa mushugi yugurib kelib uni qo‘lini yalay boshlabdi.
Xotini hayron bo‘lib:
— Dadasi bu mushuk buncha qo‘lingizni yalamasa, desa
— Nimaga bo‘lardi sichqonchani hidi kelib qolgandirda, dermish..
— Toshmat, o‘lishingga bir baxya qolibdi deb eshitdim?
— Ha, tasavvur qilgin-a, Eshmat, butun hayotim ko‘z o‘ngimdan birma-bir o‘tdi... Shuning uchun qarzlarimni yigib chiqayapman, yana unutib yubormaslik uchun. O‘n besh yil ilgari olgan 10 ming so‘mni cho‘zib qo‘y-chi do‘st!
Kech tushyapti. Ona balkondan o‘g‘lini baqirib chaqiryapti:
— Teshavoy, sen uyga kirish haqida o‘ylayapsanmi?
— O‘ylayapman, oyijon.
— Xo‘sh?
— Oyi, yana ozgina o‘ylab olay...